Aleksandr Kedrin
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Aleksandr Veniaminovich Kedrin (1940.11.5, Toshkent) — rassom, keramika ustasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1984). P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1965). 1965-yildan meʼmorlar bilan ijodiy hamkorlik qilgan; u yaratgan sopol buyumlar, namoyonlar turli jamoat binolari ("Moviy gumbazlar" choyxonasi, "Chorsu" mehmonxonasi va boshqalar) bilan uygʻunlashgan. Sharq miniatyuralari ruhida ishlangan "Bahrom Goʻr ovda", "Umar Xayyom sheʼrlari" namoyonlari, "Sirli olam", "Zangori togʻlar", "Tuman" kabi devoriy rasmlari va b., oʻzbek kulolligi anʼanalarida yaratilgan roʻzgʻor buyumlari (piyola, lagan, kosa va boshqalar) ranglar harakati, mazmuni va dadil uslubiy izlanishlari bilan diqqatni tortadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |