Boʻriboy Ahmedov (12-avgust 1924 Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani Qorasuv qishlogʻi — 15-may 2002 Toshkent) — tarixchi, sharqshunos. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari doktori (1974). Oʻrta Osiyo universitetining sharq fakultetini bitirgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib, boʻlim boshligʻi (1960 — 90). 1991 yildan bosh ilmiy xodim. Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi raisi (1995 yildan). Ahmedovning ilmiy faoliyati oʻzbek xalqining etnik tarixi va shak-llanishi, manbashunoslik, Oʻrta Osiyo xalqlarining 10 — 19-asrlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixi, Temur va temuriylar davri tarixi hamda madaniyati kabi muhim yoʻnalishlarga qaratilgan. Bir qancha qoʻllanma, lugʻatlar („Tarixdan qisqacha izohli lugʻat“, 1977) muallifi. Amir Temurning 660 yilligi (1996) munosabati bilan katta tashkiliy, ilmiy ishlar olib bordi. Amir Temurga bagʻishlangan xalqaro anjumanlar (Parij, Samarqand, 1996)da qatnashib maʼruzalar qildi. „Amir Temur“ tarixiy romanini yezdi (1995). Bir kancha kito-blarga masʼul muharrirlik qildi. Asarlari ingliz, fransuz, rus va boshqa xorijiy tillarda bosilgan. „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997 yildan). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). „Amir Temur“ (1997), „Buyuk xizmatlari uchun“ (1999) ordenlari bilan taqdirlangan.[1][2]

Boʻriboy Ahmedov
Bori Ahmedov 1980s.jpg
Tavalludi 12-avgust 1924-yil
Vafoti 2-may 2002-yil(2002-05-02)
(77 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari Oʻzbekiston fan arbobiBeruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotiAmir Temur ordeniUzbek orden rib.png

AsoslarTahrirlash

  • Istoriya Balxa, T., 1982;
  • Oʻzbekiston tarixi manbalari, T., 1986;
  • Oʻzbek ulusi, T., 1992;
  • Tarixdan saboqlar, T., 1994.

ManbalarTahrirlash

  1. Oʻzbeklarning kelib chiqishi tarixidan, T., 1963
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil