Ilmiy xodimilmiy tadqiqot muassasalari yoki oliy oʻquv yurtlarida fanning biror sohasi boʻyicha tadqiqotlar olib boruvchi mutaxassis. Oʻzbekistonda katta ilmiy xodim unvon va lavozimi hamda kichik Ilmiy xodim lavozimi bor. Katta Ilmiy xodim ilmiy unvoni fan doktori yoki fan nomzodi ilmiy darajalariga ega, ilmiy ishlari eʼlon qilingan va ilmiy tadqiqot muassasalarida mustaqil ilmiy tadqiqot ishlari olib boruvchi shaxslarga beriladi. Bu unvonni talabgor ishlab turgan muassasa ilmiy kengashi tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi beradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil