„Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni

(Buyuk xizmatlari uchundan yoʻnaltirildi)

"Buyuk xizmatlari uchun" nishoni — Oʻzbekiston oliy davlat mukofoti. 1996-yil 29-avgustdagi № 251-I sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida taʼsis etilgan. 2003-yilda nishon tavsifiga oʻzgartirishlar kiritildi.

Buyuk xizmatlari uchun
Asl nomi BUYUK XIZMATLARI UCHUN
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Holati topshiriladi
Statistika
Koʻrsatkichlari Ogʻirligi — 65 g.
Diametri — 57 m.
Balandligi — 7 mm.
Taʼsis sanasi 1996-yil 29-avgust
Navbat
Toʻngʻich mukofot Jaloliddin Manguberdi ordeni
Kenja mukofot El-yurt hurmati ordeni
Ushbu maqolani tinglang (4 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 20-iyul, 2022-yil(2022-07-20) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Bu orden bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda xorijiy davlatlarning fuqarolari fan va texnikani, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga hamda Oʻzbekistonning halqaro obroʻsini oshirishga qara tilgan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirish ishiga sezilarli hissa qoʻshganligi uchun taqdirlanadilar. Orden 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 darajali (probali) qumushdan tayyorlanadi va 8 qirrali musamman koʻrinishida boʻlib, uning qirralari yoqut rangda tayyorlangan. Ordenning qalinligi 8 mm, ogʻirligi 65 g.

  1. „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va chet el fuqarolari fan va texnika, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun, davlarlararo hamkorlik rivojlantirish va Oʻzbekistonning xalqaro avtoritetini oshirishga yoʻnaltirilgan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishdagi ahamiyatga molik hissasi uchun taqdirlanadi[1].
  2. „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotga tavsiya etish, taqdirlash va topshirish „Davlat mukofotlari toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
  3. „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan shaxslarga oltmish barobar bazaviy hisoblash miqdorida bir martalik pul mukofoti yoki ushbu summaga teng esdalik sovgʻa beriladi. „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan shaxslar qonunchilikda oʻrnatilgan imtiyozlardan foydalanadilar.[2]
  4. „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni muar lentaga biriktiriladi, koʻkrakka taqiladi.
  5. „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni kimsaning vafotidan keyin taqdirlangan holatda orden, taqdirlash haqidagi hujjat va bir martalik pul mukofoti taqdirlangan shaxsning oilasiga topshiriladi.

Nishon taʼrifi

tahrir

"Buyuk xizmatlari uchun" ordeni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan 925 probali kumush qotishmasidan tayyorlanadi.

Orden sakkizqirrali yulduz koʻrinishida boʻlib, tomonlari yoqut rangida bajarilgan. Nurlar oʻrtasidagi tarashlangan uchbarglar koʻk rangda. Yulduzning qarama-qarshi tomonlari orasidagi masofa 57 millimetr. Orden markazida aylana joylashgan boʻlib, ramziy koʻk rangda tasvirlangan yer shari fonida oltin rangdagi Oʻzbekiston Respublikasi xaritasi joylashgan. Tashqi chiziq boʻyicha aylana diametri — 35 mm, ichki chiziq boʻyicha — 24 mm. Aylananing tashqi va ichki chiziqlari oʻrtasida oq sir rangli fonida yuqori qismida oltin rangda BUYUK XIZMATLARI UCHUN yozuvi joylashgan. Harflar balandligi 3 millimetr. Aylana chiziqlari oʻrtasida pastki qismida ikkita asosdan kesishib chiqqan yashil rangdagi Dafna butogʻi joylashgan.

Orden koʻtarilayotgan quyosh fonida qanotlarini yoyib turgan Xumo qushi koʻrinishida oraliq zarhallangan planka va xalqa yordamida qizil, koʻk, oq va yashil yoʻl-yoʻl chiziqlardan iborat muar lentaga bogʻlanadi. Ordenning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi aks ettirilgan. Pastida 1 millimetr oʻlchamda botiq yozuv bilan orden raqami tushirilgan.

Taqdirlanganlar

tahrir

Manbalar

tahrir