Ahmad QodirovChecheniston muxtor Respublikasining birinchi prezidenti (2003-2004)

Ahmad Qodirov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 23-may 1951-yil
Qaragʻanda
Vafoti 9-may 2004-yil(2004-05-09)
(52 yoshda)
Grozniy

Biografiyasi tahrir

  • 1951 yil Qozogʻistonning Qaragʻanda shahrida tugʻilgan.[1]
  • 1980-yilda Buxorodagi Mir Arab madrasasiga oʻqishga kirgan.
  • 1982-yildan 1986-yilgacha Toshkent islom institutida oʻqigan. Ahmad Hoji Qodirov Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni oʻzining ustozi deb bilgan.
  • 1994-1996-yillarda boʻlib oʻtgan birinchi Chechen urushi yillarida Checheniston muftiysi boʻlgan.Bu paytda u Rossiya harbiy kuchlariga qarshi qoʻliga qurol olgan jangarilar tarafida boʻlgan.
  • 1999-yil avgustida ikkinchi Chechen urushi boshlandi.Ahmad Qodirov bilan Chechenistonning oʻsha paytdagi rahbari Aslan Masxadov kelishmay qoladilar va Ahmad Qodirov Rossiya federal kuchlari tarafiga oʻtadi.
  • 2000-yildan 2003-yilgacha Checheniston Respublikasi muvaqqat maʻmuriyati rahbari boʻlgan.
  • 2003-yili oʻtkazilgan saylovda gʻalaba qozongani eʻlon qilindi va Ahmad Qodirov Chechenistonning birinchi prezidenti deb atala boshladi.
  • 2004-yil 9 may kuni Gʻalaba bayrami munosabati bilan Grozniy stadionida tashkil qilingan marosimda rahbarlarga qarshi suiqasd uyushtirilgan.Portlash oqibatida Ahmad Qodirov halok boʻlgan, oradan bir necha yil oʻtib uning oʻgʻli Ramzan Qodirov Checheniston prezidenti lavozimini egalladi.

Manbalar tahrir