Ramzan Qodirov
Ramzan Ahmad oʻgʻli Abdulqodirov (1976-yil 5-oktyabrda tugʻilgan) – rossiyalik siyosatchi va Checheniston Respublikasining hozirgi rahbari. U ilgari Chechenistonning separatistlar tomonidan tayinlangan muftiysi boʻlgan otasi orqali Checheniston mustaqillik harakati bilan aloqador edi. Rossiya armiyasining general-polkovnigi. Chechenistonning sobiq prezidenti Ahmad Qodirovning oʻgʻlidir. Ikkinchi Chechen urushida Ahmad Qodirov Vladimir Putin xizmatiga kirgan va 2003-yilda Checheniston prezidenti boʻlgan. Ahmad Qodirov 2004-yilning may oyida oʻldirilgan. 2007-yilning fevralida 30 yoshli Ramzan Qodirov prezident lavozimini egalladi. U umumiy harbiy hokimiyat uchun chechen qoʻmondonlari Sulim Yamadayev (2009-yilda vafot etgan) va Said-Magomed Kakiyev bilan hokimiyat uchun shiddatli kurash olib borgan. 2015-yil noyabr oyidan beri Rossiya Federatsiyasi Davlat kengashining maslahat komissiyasi aʼzosi[1][2]. 2005-yili Rossiyadagi eng yirik masjidlardan birini qurdirdi[3].
Ramzan Qodirov | |
---|---|
Рамзан Кадыров Рамзан КъадиргӀеран | |
Qodirov 2023-yilda | |
Mansab davri 15-fevral 2007-yildan – hozirgacha | |
Oʻtmishdoshi | Alu Alxanov |
Checheniston bosh vaziri | |
Mansab davri 18-noyabr 2005-yildan – 10-aprel 2007-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Sergey Abramov |
Vorisi | Odes Baysultanov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Ramzan Ahmadovich Qodirov 5-oktyabr 1976-yil Tsentaroy, Chechen-Ingush ASSR, RSFSR, Sovet Ittifoqi |
Millati | Chechen |
Siyosiy partiyasi | Yedinaya Rossiya |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari | 12 (6 oʻgʻil, 6 qiz) |
Onasi | Aymani Qodirova |
Otasi | Ahmad Qodirov |
Mukofotlari |
|
Vikiiqtibosda Ramzan Qodirovga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Qodirov Checheniston Respublikasi boshqaruvida totalitar va repressiv taktikadan foydalanib keladi[4][5][6][7]. Oʻtgan yillar davomida inson huquqlarining buzilishi holatlari uchun Human Rights Watch kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan tanqid ostiga olindi[8]. Oʻz faoliyati davomida ayollarning jamiyatdagi faoliyatini chekladi va Respublikada geylarga qarshi tozalash ishlarni olib bordi[9][10]. Qodirov Chechenistonda va Rossiya Federatsiyasining boshqa mintaqalarida, chet eldagi huquq faollari, tanqidchilar va ularning qarindoshlarini oʻgʻirlash, oʻldirish va qiynoqqa solishda bosh-qosh boʻlganlikda ayblangan. U hamma ayblovlarni ochiqchasiga rad etib keladi[11][12][13][14][15][16].
Qodirov omma oldida qurol va harbiy liboslar bilan suratga tushgan, boyligini namoyish qilib, haloskor timsolida omma orasida tanilgan[17][18][19]. Qodirovlar oilasi uning mamlakat rahbarligi davrida ancha boyidi[20].
Biografiyasi va faoliyati
Chechen-Ingush ASSRning Tsentaroy shahrida tugʻilgan. U Ahmad Qodirov va Aymaniy Qodirova oilasida ikkinchi va kenja farzandi edi. Uning Zelimxon ismli akasi bor edi (1974-yilda tugʻilgan, 2004-yil 31-mayda oʻlgan), ikki opasi bor: Zargan (1971-yilda tugʻilgan) va Zulay (1972-yilda tugʻilgan).
1990-yillar boshida, Sovet Ittifoqi parchalanishi bilan chechenlar mustaqillik uchun kurashni boshladilar. Qodirov imomlik qilgan otasi Ahmad Qodirovning hurmatini qozonishga intilardi. Ahmad Birinchi Chechen urushi paytida ruslarga qarshi jihod chaqiruvini qoʻllab-quvvatlagan, ammo ikkinchi Chechen urushida Rossiyaga sodiqligini eʼlon qilgan[21][22].
Birinchi Chechen urushi paytida otasi bilan birga Rossiya qurolli kuchlariga qarshi kurashgan[23][24]. Urushdan keyin Ramzan Chechenistonning separatist muftiysi boʻlgan otasi Ahmadning shaxsiy haydovchisi va qoʻriqchisi boʻlgan[25]. Qodirovchilar armiyasi Birinchi Chechen urushi davrida[26], Ahmad Qodirov Rossiyaga qarshi jihod eʼlon qilganida tuzilgan. Oila 1999-yilda Ikkinchi Chechen urushi boshida Rossiya tomoniga oʻtib ketgan. Oʻshandan beri Qodirov oʻz militsiyasini Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) koʻmagida boshqargan, shu jumladan xizmat guvohnomalari bilan taʼminlangan, Checheniston prezidenti xavfsizlik xizmati rahbari boʻlgan. Militsiya keyinchalik Qodirovchilar nomi bilan mashhur boʻldi[27].
2004-yil 9-mayda otasi, oʻsha paytdagi prezident oʻldirilganidan soʻng, Ramzan 2004-yil 10-mayda Checheniston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi[28].
2005-yil yanvar oyida uning singlisi Dogʻiston politsiyasi tomonidan hibsga olingan. Qodirov 150 ga yaqin qurollangan kishi bilan Xasavyurt shahar politsiyasi binosi tomon yoʻl olgan. Shahar merining soʻzlariga koʻra, Qodirovning odamlari boʻlinmani oʻrab olib, navbatchilariga hujum qilgan. Zulay Qodirova ozod qilingan[29].
2005-yil avgust oyida Qodirov Grozniy shahar markazidagi vayron qilingan xarobalar oʻrniga „Yevropadagi eng katta masjid“ qurilishini eʼlon qildi[30]. Checheniston „Rossiyadagi eng tinch joy“ ekanligini va bir necha yildan keyin dunyodagi „eng boy va eng tinch“ joy boʻlishini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, urush allaqachon tugagan, atigi 150 nafar „bandit“ qolgan (rasmiy maʼlumotlarga koʻra 700 dan 2000 nafargacha isyonchi jangchilardan farqli oʻlaroq) va otasining sharofati bilan 1999-yildan beri 7000 separatist Rossiya tomoniga oʻtgan.
2005-yilning noyabrigacha Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari boʻlib qoldi[31].
2005-yil noyabr oyida Checheniston bosh vaziri Sergey Abramov avtohalokatdan keyin isteʼfoga chiqqan. Qodirov 2005-yil 18-noyabrda muvaqqat bosh vazir etib tayinlandi. U zudlik bilan qimor oʻyinlari va spirtli ichimliklar ishlab chiqarishni taqiqlash kabi shariat qonunlarini amalga oshirishga kirishdi[32][33].
2006-yil fevral oyida Muhammad karikaturalarining nashr etilishiga javoban daniyaliklarni „josus“ va „terrorizm tarafdori“ dedi. Daniya fuqarolarining Chechenistonga kirishini taqiqlab, mintaqada faoliyat yurituvchi eng yirik nodavlat tashkilot boʻlgan Daniya qochqinlar kengashi faoliyatini taqiqladi. Qodirovning „Oʻsha karikaturachini tiriklayin koʻmish kerak“, degan soʻzlari keltiriladi[34].
Qodirov ayollarning roʻmol oʻrashga majburlash haqidagi farmoni chiqdi. Respublika byudjetini federal tarzda ajratishni rad etib, koʻproq pul talab qildi va chegarachilardan tashqari barcha federal kuchlarni olib chiqishga chaqirdi.
Qodirov 2006-yil 4-martda Alxanov tomonidan Checheniston Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlangan[35]. Qodirov lavozimga kirishganidan koʻp oʻtmay, Grozniyning vayron boʻlgan markazidagi Sunja daryosi boʻyidagi uchastkada 120 ming kv.m. maydonda prezident saroyi qurish loyihasini tasdiqladi. Besh yulduzli mehmonxona va dam olish maskanlarini oʻz ichiga olgan loyihani qurish uchun taxminan 1,5 milliard rubl (54 million dollar) sarflanishi taxmin qilingan[36].
Keyinroq Qodirov Checheniston boʻylab tarqalib ketgan qochqinlar lagerlarini yopishga chaqirib, qochqinlarni „Checheniston va Rossiya oʻrtasida ziddiyatni avj oldirishdan manfaatdor, mintaqamizdagi vaziyatni beqarorlashtirishga intilayotgan xalqaro josuslar“ deb atadi. Reuters agentligi uning „qochoqlar lagerlarini tugatish bizga xorijiy razvedka xizmatlarida ishlayotgan josuslarni fosh qilish imkonini beradi“ degan soʻzlaridan iqtibos keltirdi[37]. Uning amakivachchasi Odes Baysultanov 2006-yil 6-martda Checheniston parlamenti tomonidan bir ovozdan maʼqullanganidan keyin Alxanov tomonidan Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan[38][39].
2006-yil 5-iyunda Checheniston Xalq Assambleyasi spikeri Dukvaxa Abdurahmonov Moskvada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida „Qodirovdan boshqa prezidentlik uchun muqobil yoʻq, Qodirov jangovar mukofotlarga ega, hayotni yaxshilash va inson huquqlarini himoya qilishda muvaffaqiyatlarga erishdi. Hozirgi bosqichda uning oʻrnini kim bosa oladi? Hech kim“, – dedi. Oʻsha yilning oxirida Chechenistonning Federatsiya Kengashidagi vakili va Qodirovning yaqin ittifoqchisi Umar Jabrailov Qodirovni respublika prezidenti boʻlishiga koʻmaklashishni talab qildi[40].
Keyingi haftada bir qancha rus gazetalari Chechenistondagi vaziyatning yomonlashuvi Qodirovning respublika prezidenti lavozimida Alu Alxanov oʻrniga kelishi ehtimolini kamaytirgani haqida xabar tarqatdi[41][42].
2006-yil 6-dekabrda Qodirov Chechenistonda tinch aholining oʻlimi yoki bedarak yoʻqolishi uchun javobgar boʻlgan federal harbiy qismlar qoʻmondonlarini (general-mayor Aleksandr Studenikin) javobgarlikka tortishini aytdi. Bundan tashqari, Qodirov Chechenistondagi urushni chechen xalqi emas, balki Rossiya rahbariyati boshlaganini aytdi. Qodirovning izohlari uning hukumati Moskvada uning Checheniston prezidenti lavozimiga koʻtarilishiga toʻsqinlik qilayotgan ayrim shaxslardan noroziligini ifodalagan boʻlishi mumkin[43]. 2006-yilda amerikalik diplomat sizdirgan materiallarga koʻra, Qodirov Rossiyaning Kavkaz mintaqasida ishtirok etgan dabdabali toʻyda raqqosa bolalarga 100 dollardan uloqtirgani va tunda Kaspiy dengizida skuter bilan sayr qilgani, yangi turmush qurgan er-xotinga „besh kilolik oltin“ sovgʻa qilgani aytiladi[44].
2007-yil 5-fevralda Qodirov Checheniston prezidenti boʻlishga intilmasligini aytdi, lekin Alxanovni tanqid qildi. Qodirov, shuningdek Chechenistondagi urush „qurolli guruhlar yoʻq qilingani“ bilan yakunlanganini aytdi. Alxanov, oʻz navbatida, Grozniyda ulkan portretlari koʻzga tashlanadigan Qodirovga aniq ishora qilib, „shaxsga sigʻinish va bir shaxsni ideallashtirishni“ tanqid qildi.
2007-yil 15-fevralda Putin Alxanovni lavozimidan chetlatish va Qodirovni Checheniston prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlash haqidagi farmonni imzoladi[45]. 2007-yil 2-martda Checheniston parlamenti bu nomzodni maʼqulladi[46]. Keyingi kunlarda respublikaning maʼmuriy tuzumida ham yuqori, ham oʻrta mansabdor shaxslarga tegishli jiddiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Bosh vazirning sobiq oʻrinbosari Odes Baysultanov (Qodirovning amakivachchasi) boʻsh turgan bosh vazir lavozimiga koʻtarildi. Tanqidchilarning taʼkidlashicha, Qodirov respublikada faol ravishda oʻzining „hokimiyat vertikali“ni qurdi va oʻz oila aʼzolarini odamlarni (Qodirov) rahbar va muhim lavozimlarga qoʻyib, qarindosh-urugʻchilikni ragʻbatlantirdi.
Gazeta.ru gazetasining yozishicha, mustaqil Levada markazi oʻtkazgan soʻrov natijalariga koʻra, rossiyaliklarning atigi 33 foizi Qodirovga ishonish mumkinligini, 35 foizi esa unga ishonmasligini aytgan. „Qodirov Chechenistondagi vaziyatni normallashtirib, u yerda qon toʻkilishini toʻxtata oladimi, deb oʻylaysizmi?“ degan savolga 31 foizi „ha“, 38 foizi „yoʻq“ deb javob bergan[47].
Mukofotlari va unvonlari
Rossiya Federatsiyasi
- Rossiya Qahramoni (2004, 2007)
- IV darajali „Vatan oldidagi xizmatlari uchun“ ordeni (2006)
- „Jasorat“ ordeni (2003)
- „Fuqarolar tinchligini muhofaza qilgani uchun“ medali (2002, 2004)
- „Milliy boyliklarni asragani uchun“ medali
- Rossiya Dumasi sertifikati (2009)
- G. K. Jukov medali
- Moskva shahrining 300 yilligi medali
- Sankt-Peterburg shahrining 300 yilligi medali
- Harbiy nishon
Chechen Respublikasi
- Ahmad Qodirov ordeni (2005)
- „Parlamentarizm rivoji uchun“ medali (2007)
- Chechen Respublikasi iftixori (2006)
Qozogʻiston
- Ostona shahrining 10 yilligi (2008)
Boshqalar
- „Al-Fahr“ mukofoti (2007)
- „Chechendagi anti-terror amaliyotini qoʻllab quvvatlagani uchun“ medali (2006)
- „Kavkaz uchun“ medali (2006)
- „Rossiyada qonuniylikni rivojlantirgani uchun“ medali (2007)
- „Bunyodkorligi uchun“ (2011)
- „Oltin Yulduz“ (2007)
Manbalar
- ↑ „Рамзан Кадыров включен в состав консультативной комиссии Госсовета РФ“. Иа Regnum. Qaraldi: 2016-yil 15-may.
- ↑ „Ramzan Kadyrov becomes new member of Advisory Commission of RF State Council“. 2021-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-may.
- ↑ „Biggest mosque for Grozny“. The Guardian (4-avgust 2005-yil). Qaraldi: 22-may 2010-yil.
- ↑ Lyall, Jason (2010). "Are Coethnics More Effective Counterinsurgents? Evidence from the Second Chechen War" (en). American Political Science Review 104 (1): 1–20. doi:10.1017/S0003055409990323. ISSN 1537-5943. https://www.cambridge.org/core/journals/american-political-science-review/article/abs/are-coethnics-more-effective-counterinsurgents-evidence-from-the-second-chechen-war/43EDEABC8618D35813635515C40457F0. "Since his ascent to power in 2006, Ramzan Kadyrov has carefully cultivated a climate of fear through selective disappearances, targeted assassination of regime critics, and the nighttime burning of suspected insurgents’ homes"
- ↑ Taylor, Brian D.. State Building in Putin's Russia: Policing and Coercion after Communism (en). Cambridge University Press, 2011 — 268-bet. ISBN 978-1-139-49644-5.
- ↑ Jones, Adam. Genocide: A Comprehensive Introduction (en). Routledge, 2010 — 230-bet. ISBN 978-1-136-93797-2.
- ↑ „The Putin of Chechnya“. The New Yorker (ingliz (Amerika)). 1 February 2016. Qaraldi: 13 March 2022.
- ↑ „Widespread Torture in the Chechen Republic“. Human Rights Watch. Qaraldi: 2016-yil 15-may.
- ↑ MacFarquhar, Neil. „Chechen Leader's Advice on Women: Lock Them In“ (en-US). The New York Times (2015-yil 20-may). Qaraldi: 2018-yil 18-fevral.
- ↑ „One of the victims of Chechnya's 'gay purge' has spoken out about his torture ordeal“ (en-GB). The Independent (2017-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 18-fevral.
- ↑ Kramer. „In a Death, Details of More Russian Murder-for-Hire Plots“. The New York Times (2020-yil 9-iyul). 2020-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ramzan Kadyrov denies Georgia journalist murder plot“. BBC News.
- ↑ „Kadyrov Laughs Off Allegations That He Made Hit List“. The Moscow Times (2012-yil 17-sentyabr).
- ↑ „Germany investigates Russian over plot to kill Chechen dissident“. DW.
- ↑ „Republic“.
- ↑ Milashina. „Novaya Gazeta“.
- ↑ „Ramzan Kadyrov: Putin's key Chechen ally“. BBC News (2020-yil 21-may). Qaraldi: 2022-yil 14-mart.
- ↑ „Why the Chechen Warlord Wears Designer Boots“. GQ (2022-yil 28-fevral). Qaraldi: 2022-yil 15-mart.
- ↑ Badanin. „How a Representative of a Top Chechen Leader 'Solved' Russian Business Disputes – And Walked Away With Millions“. OCCRP. Qaraldi: 2022-yil 15-mart.
- ↑ „Putin's closest ally – and his biggest liability | Oliver Bullough“ (en). the Guardian (2015-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 14-mart.
- ↑ „The Putin of Chechnya“. The New Yorker. Qaraldi: 16 July 2017.
- ↑ „BBCCzech.com – Svět – Bývalý šampion Mike Tyson v Čečensku zahájil turnaj v boxu“. www.bbc.co.uk. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ „Путин вспомнил, как Кадыров с отцом воевали против России (видео)“ (ru). UNIAN (2016-yil 14-aprel). Qaraldi: 2022-yil 22-yanvar.
- ↑ „Рамзан Кадыров: я никогда не говорил, что убивал русских солдат“ (ru). Meduza (2016-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 22-yanvar.
- ↑ „Рамзан Кадыров. Биография“. РИА Новости (2007-yil 16-fevral). Qaraldi: 2016-yil 15-may.
- ↑ Newton, Michael. Famous Assassinations in World History: An Encyclopedia [2 volumes] (en). ABC-CLIO, 2014-04-17. ISBN 978-1-61069-286-1.
- ↑ Roxburgh, Angus. The Strongman: Vladimir Putin and the Struggle for Russia (en). Bloomsbury Publishing, 2021-09-09 — 164-bet. ISBN 978-0-7556-3927-4.
- ↑ „Ramzan Kadyrov- Chechnya's first deputy prime minister“. Pravda Report (2004-yil 10-may). 2017-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
- ↑ "Ramzan Frees His Sister...". Chechnya Weekly 6 (2). 13 January 2005. Archived from the original on 10 December 2007. https://web.archive.org/web/20071210092947/http://www.jamestown.org/publications_details.php?volume_id=409&&issue_id=3195.
- ↑ „Biggest mosque for Grozny“. The Guardian (2005-yil 4-avgust). Qaraldi: 2010-yil 22-may.
- ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ru). Chechnya Government. 2013-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-noyabr. - ↑ "Ramzan – Video Star?". Chechnya Weekly 7 (11). 16 March 2006. Archived from the original on 6 May 2008. https://web.archive.org/web/20080506070231/http://www.jamestown.org/publications_details.php?volume_id=416&issue_id=3656.
- ↑ {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda
title=
parametri belgilanishi kerak. - ↑ "Ramzan Bans All Things Danish". Chechnya Weekly 7 (6). 9 February 2006. Archived from the original on 21 November 2006. https://web.archive.org/web/20061121005046/http://www.jamestown.org/publications_details.php?volume_id=416&issue_id=3616&article_id=2370761.
- ↑ „Рамзан Кадыров назначен премьером Чеченской республики“. Channel One Russia (2006-yil 4-mart). Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
- ↑ "Kadyrov Finds Fifth Column Among Displaced Chechens". Chechnya Weekly 7 (17). 27 April 2006. Archived from the original on 30 September 2007. https://web.archive.org/web/20070930190012/http://www.jamestown.org/publications_details.php?volume_id=416&issue_id=3706&article_id=2371029.
- ↑ "Kadyrov Finds Fifth Column Among Displaced Chechens". Chechnya Weekly 7 (17). 27 April 2006. Archived from the original on 30 September 2007. https://web.archive.org/web/20070930190012/http://www.jamestown.org/publications_details.php?volume_id=416&issue_id=3706&article_id=2371029.
- ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ru). REGNUM News Agency (2007-yil 10-aprel). Qaraldi: 2016-yil 26-noyabr. - ↑ Lansford, Tom. Political Handbook of the World 2015 (en). Thousand Oaks, California: CQ Press, 2015. DOI:10.4135/9781483371597. ISBN 978-1-4833-7157-3.
- ↑ "Umar Dzhabrailov Wants Kadyrov To Replace Alkhanov". Chechnya Weekly 7 (43). 9 November 2006. Archived from the original on 30 September 2007. https://web.archive.org/web/20070930190039/http://www.jamestown.org/publications_details.php?volume_id=416&issue_id=3919&article_id=2371634.
- ↑ "Kadyrov Vs. Alkhanov: Russian Media Try To Keep Score". Chechnya Weekly 7 (44). 16 November 2006. Archived from the original on 30 September 2007. https://web.archive.org/web/20070930190737/http://www.jamestown.org/publications_details.php?volume_id=416&issue_id=3926&article_id=2371653.
- ↑ „Kadyrov elected head of Chechnya Peoples' Assembly“. Caucasian Knot (2006-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 7-dekabr.
- ↑ "Kadyrov Vows To Prosecute Federal Commanders For Abuses". Chechnya Weekly 7 (47). 7 December 2006. Archived from the original on 27 September 2007. https://web.archive.org/web/20070927202845/http://www.jamestown.org/publications_details.php?volume_id=416&issue_id=3948&article_id=2371717.
- ↑ Scott Shane and Andrew W. Lehren. „Leaked Cables Offer Raw Look at U.S. Diplomacy“. The New York Times (2010-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2010-yil 26-dekabr. „In a 2006 account, a wide-eyed American diplomat describes the lavish wedding of a well-connected couple in Dagestan, in Russia’s Caucasus, where one guest is the strongman who runs the war-ravaged Russian republic of Chechnya, Ramzan Kadyrov. The diplomat tells of drunken guests throwing 5000 bills at child dancers, and nighttime water-scooter jaunts on the Caspian Sea. ... that Ramzan Kadyrov “had brought the happy couple ‘a five-kilo lump of gold’ as his wedding present.”“.
- ↑ „Putin Dismisses Chechen President, Puts Prime Minister in Charge“. Fox News Channel (2007-yil 15-fevral). 2008-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 15-fevral.
- ↑ Chechen parliament votes for appointing Ramzan Kadyrov as president – Russian News – REGNUM Webarxiv andozasida xato:
|url=
qiymatini tekshiring. Boʻsh. - ↑ "Poll Finds A Plurality Of Russians Distrust Ramzan". Chechnya Weekly 8 (11). 15 March 2007. Archived from the original on 20 May 2008. https://web.archive.org/web/20080520043841/http://www.jamestown.org/publications_details.php?volume_id=421&issue_id=4037&article_id=2372009.
Yana qarang
- Rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2007-04-16 sanasida arxivlangan)