Timor dengizi — Hind okeanining chekka hududida joylashgan dengiz. Avstraliya bilan Timor oroli oraligʻida joy olgan. Maydoni 610,000 km2 (240,000 mi²) ga teng. Akvatoriyasining 1/2 qismining chuqurligi oʻrtacha 200 m gacha boʻlib, eng chuqur joyi 3310 m (Timor botigʻi) ni tashkil etadi. Yuza qismi suvining temperaturasi 25° dan 29° C gacha boʻladi. Shoʻrligi 34— 35%o ga teng. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi, uning oʻrtacha balandligi 3-4 m ni tashkil etadi. Janubiy sohilida Darvin porti (Avstraliya) joylashgan[1].