Aqtau
Aqtau — (qozoqcha: Ақтау) Qozogʻistonning janubi-gʻarbida joylashgan shahar, Mangʻistau viloyatining markazi. Shaharda dengiz va havo porti mavjud. Aqtau shahri 1964-yildan 1991-yilgacha ukrain shoiri Taras Shevchenkoning hurmatiga Shevchenko deb atalgan.
Aqtau | |
---|---|
shahar | |
qoz. Ақтау | |
![]() | |
43°39′0″N 51°09′0″E / 43.65000°N 51.15000°E G OKoordinatalari: 43°39′0″N 51°09′0″E / 43.65000°N 51.15000°E G O | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Mangʻistau viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Khamzin Zakir Ildusovich |
Asos solingan | 1961 |
Ilk eslatilishi | 1961 |
Avvalgi nomlari | Aktauskiy, Aktau, Shevchenko, Gurev-20 |
Maydon | 165,642 km2 (63,955 mi²) |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2013) |
181,905[1] |
Milliy tarkib |
qozoqlar 70,07 % ruslar 20,57 % ozarbayjonlar 2,55 % ukrainlar 1,14 % tatarlar 0,83 % boshqalari 3,87 % |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 7292 [2] |
Pochta indeks(lar)i | 130000 [3] |
Avtomobil kodi | R, 12 |
|
GeografiyasiTahrirlash
Shahar Kaspiy dengizining sharq qirgʻogʻida joylashgan. Shaharning janubi-sharqida 40 km uzoqlikda Qaraqiya tekisligi bor. Hududi tekis va asosan korrozik va deflyatsik harakatlardan iborat. Sovet Ittifoqining tadqiqotlariga koʻra: Yevropa va Osiyoning chegarasi Mugʻaljardan boshlanib, Embi dayosi boʻylab Kaspiy dengizigacha. 1950-yillargacha Qozogʻiston hududi Yevropa chegarasi Yoyiq daryosining yoqasi bilan chegaradosh edi[4]. 2010-yilning aprel may oylarida rus geografik jamoatining ekspeditsiyasi Yevropa chegarasini Mugʻaljar orqali, Kaspiy qirgʻogʻi tekisligidan oʻtishi kerak degan hulosaga keldilar. Yevropa chegarasi hozirgidan bir necha barovar janubgacha choʻziladi. Hozirgi kunda rus geografik jamoati olimlar hamjamiyatining fikri Xalqaro geografik ittifoqning tasdiqlashiga erisha olmadi. Demak, agar Xalqaro geografik jamoat rus geografik jamoatining hulosasini tasdiqlasa, Mangʻistau viloyatining bir qismi Yevropada joylashgan boʻladi.
TransportiTahrirlash
Aqtauda temir yoʻl vokzali yoʻq. Poezdlar Mangʻishlaq stansiyasiga kelib toʻxtaydi. Shahar va stansiya orasida № 101 avtobusi bilan taksilar qatnaydi, masofasi — 20 km. Aqtau porti Kaspiy dengizining sharqiy qismida joylashgan. Aqtau turli xalqaro yuklarni, neft va neft mahsulotlarini tashishga moslangan Qozogʻistondagi yagona port boʻlib hisoblanadi.
AholisiTahrirlash
Millat | Aholi soni 1.01.2012[5] |
Foiz % |
---|---|---|
Qozoqlar | 126 377 | 70,07 |
Ruslar | 37 102 | 20,57 |
Ozarbayjonlar | 4 596 | 2,55 |
Ukrainlar | 2 051 | 1,14 |
Lezginlar | 1 753 | 0,97 |
Tatarlar | 1 495 | 0,83 |
Armanlar | 1 025 | 0,57 |
Oʻzbeklar | 852 | 0,47 |
Koreyslar | 680 | 0,38 |
Chechenlar | 598 | 0,33 |
Gurjinlar | 343 | 0,19 |
Qirgʻizlar | 295 | 0,16 |
Olmonlar | 288 | 0,16 |
Qoraqalpoqlar | 277 | 0,15 |
Beloruslar | 247 | 0,14 |
Udinlar | 203 | 0,11 |
Osetinlar | 183 | 0,10 |
boshqalar | 1 995 | 1,11 |
Jami: | 180 360 | 100,00 |
MadaniyatiTahrirlash
Aqtauda Abay nomidagi madaniyat uyi, N. Jantoʻrin nomidagi drama teatri, koʻplab kinoteatrlar, yungi klublar bor. Dengiz qirgʻogʻida turli oʻyingohlar, sport va madaniy komplekslar, hordiq chiqarish parklari mavjud.
ManbalarTahrirlash
- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года, archived from the original on 2013-11-15, https://web.archive.org/web/20131115045030/http://www.stat.kz/publishing/2013/%D0%94%D0%B5%D0%BC%D0%BE%D0%B3%D1%80%D0%B0%D1%84%D0%B8%D1%8F/%D0%B0%D0%B2%D0%B3%D1%83%D1%81%D1%82/2_2013_%D0%91-14-07-%D0%9A.rar, qaraldi: 2021-02-27
- ↑ Телефонные коды
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ „Где кончается Европа?“, Урал - граница Европы и Азии, Русское географическое общество. 22-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-avgust 2010-yil.
- ↑ Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam, archived from the original on 2012-11-15, https://web.archive.org/web/20121115130347/http://www.stat.kz/publishing/2012/%D0%B4%D0%B5%D0%BC%D0%BE%D0%B3%D1%80%D0%B0%D1%84%D0%B8%D1%8F/%D0%90%D0%BF%D1%80%D0%B5%D0%BB%D1%8C/12_2011_%D0%91-15-10-%D0%93.rar, qaraldi: 2012-10-02
HavolalarTahrirlash
Vikiomborda Aqtau haqida turkum mavjud |
- Аппарат акима города Актау Arxivlandi 2011-09-16 Wayback Machine saytida.
- Акимат Мангистауской области