Oqtov tizmasi
Oqtov tizmasi - Janubiy Nurota togʻlaridagi tizma. Samarqand va Navoiy viloyatlari hududida joylashgan, janubi-sharqdan shimoli-gʻarbga 120 km ga choʻzilgan. Sharqda Qaroqchitogʻ tizmasi, gʻarbda Qizilqum choʻli, shimolida Nurota botigʻi, janubi-gʻarbda Qoratogʻ tizmasi bilan chegaralangan. Oʻrtacha balandligi 1000– 1200 m; shimoli-gʻarbda 600 m gacha pasay-ib, tekislik bilan tutashadi. Eng baland joyi 2003 m (Taxku choʻqqisi). Tizmaning janubiy yon bagʻri qiyaroq, koʻplab daryo va soylar bilan kesilgan. Oqtov tizmasi bir nechta kichik togʻlar (Baxiltogʻ, Pistali, Dultali, Oqtosh)dan iborat. Gersin bur-malanishi davrida shakllangan antiklinal struktura. Paleozoyning yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan ohaktosh, slanets, granitlaridan tashkil topgan. Iushmi keskin kontinental, yillik yogʻin (gʻarbiy etaklarida) 250 mm dan ziyod, sharqiy etaklarida esa (balandligi 720 m) 450 mm dan ortiq. Tizmaning yuqori qismlarida yogʻin koʻproq. Oqtov tizmasidan Zarafshon daryosining oʻng irmoqlari (Zarbandsoy, Quruqsoy, Andoqsoy, Tasmachisoy, Maydonsoy, Oltinsoy va boshqalar) boshlanadi. Tizmada koʻplab karst buloqlari mavjud boʻlib, daryolarning toʻyinishida (ayniqsa, yoz faslida) asosiy rol oʻynaydi. Shimoliy yon bagʻridagi soylarda ham suv bahor faslida boʻladi. Togʻ yon bagʻrida oddiy boʻz va toʻq-boʻz, togʻ ji-garrang tuproklar tarqalgan. Efemer va efemeroid, shuvoq, qoʻziquloq, oq kavrak, bugʻdoyiq, tipchak, uchqat, doʻlana, pista, naʼmatak, bodom, baland boʻyli dasht oʻtlari oʻsadi. Oqtov tizmasida dala shpati, granit, marmar konlari mavjud. Yaylov sifatida foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |