Pistalitogʻ - Shimoliy Nurota tizmasining sharqida unga parallel joylashgan past togʻ. Janubi-sharqdan shim,gʻarbga choʻzilgan. Uz. 40 km. Eni oʻrta qismida 6–7 km. Eng baland joyi 557 m. Shimoli-sharqiy yon bagʻri tik, quruq soylar bilan oʻyilgan, jan-gʻarbiy yon bagʻri esa yotiqroq. Paleozoy davri togʻ jinslaridan tuzilgan antiklinal koʻtarilma. Iqlimi keskin kontinen-tal, yillik yogʻin miqdori 250 mm. Oʻsimlik juda siyrak, yaylov sifatida foydalaniladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil