Fiji tiliOkeaniya tillari sharqiy tarmogʻiga mansub, polineziya timarita eng yaqin til. Fiji orollarida tub axrlining tili sifatida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 350 ming kishidan ortiqroq. Fiji tilining 2 guruh lahjasi (gʻarbiy va sharqiy) mavjud, lekin ular laxjadan koʻra koʻproq mustaqil tillarga oʻxshaydi.

Fiji tili

Fonetik tizimida 5 unli va 15 undosh tovush boʻlib, unlilari kiskalik va choʻziqlik boʻyicha farqlanadi, undoshlarda esa jarangeizlar bilan jaranglilar qaramaqarshiligi kuzatiladi. Boʻgʻin har qachon unli bilan tugaydi. Grammatikasi asosan analitik xususiyatga ega. Kishilik olmoshlari birlik, ikkilik, uchlik va koʻplik shakllariga ega. Gap qurilishida aniqlanmish aniklovchidan, kesim ega va toʻddiruvchidan oldin keladi. Yozuvi 1835-yildan lotin grafikasi asosida.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Fiji tili" OʻzME. F-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil