Glazgo
Glazgo — Buyuk Britaniyaning shimoligʻarbidagi shahar. Shotlandiyada, Klayd daryosi boʻyida joylashgan. Stratklaydrnining maʼmuriy markazi. Aholisi 690 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Atrofidagi shaharlar bilan (Dambarton, Grinok va boshqa) Klaydsayd konurbatsiyasini tashkil etadi.
Glazgo— qadimgi shahar (6-asrdan maʼlum). Glazgo sanoatining rivojlanishi mustamlakalardan keltirilgan xom ashyo (tamaki, shakarqamish, paxta)ni qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan. 18-asr oʻrtalarida Glazgo tamaki sanoatining gʻarbiy Yevropadagi yirik markazi edi. 18-asr oxirlarida Glazgoda l-oʻrinni ip gazlama sanoati egalladi. Glazgo yirik temir yoʻl tuguni va mamlakatdagi muhim dengiz portlaridan biri. Sanoatida umumiy mashinasozlik, kemasozlik (harbiy kemalar, tankerlar, refrijerator va boshqa), kumir sanoati va metallurgiya yetakchi oʻrinda. Toʻqimachilik, neftni qayta ishlash, sement, yogʻochsozlik, qogʻoz, silikat-keramika, oyna, tamaki, oziqovqat, elektronika, rangli metallurgiya, kimyo, koks kimyosi sanoati korxonalari bor. Ogʻir sanoat mahsulotlarining deyarli hammasi eksport qilinadi. Universitet (1451), badiiy galereyalar, Glazgo muzeyi, bir necha oliy oʻquv yurti, meʼmoriy yodgorliklaridan sobor (13-asr), universitet binosi; metropoliten va boshqa binolar bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil