Indianapolis — AQShning shim. dagi shahar, Uayt-River daryosi boʻyida. Indiana shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 791 ming, shahar atrofi bilan birga 1,2 mln. kishidan ziyod (2000). Temir yoʻl va shosse yoʻllar tuguni. Xalqaro aeroport bor. Mamlakatning yirik sanoat, savdo-moliya va madaniy markazi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik; aviatsiya va avtomobil dvigatellari, avtomashinalar uchun qismlar va uskunalar, elektr asboblari, aloqa buyumlari, maishiy tele- va radio apparatlari, oʻlchovhisoblash pri-borlari, qurilish uskunalari, qishloq xoʻjaligi qurollari ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Rangli metallurgiya, kimyofarmatsevtika, poligrafiya, qogʻoz sanoatlari xdm rivojlangan. Muzey, 2 ta universitet bor. I.ga 1820 yilda asos solingan.[2]

Indianapolis
Shahar
Skyline of Indianapolis
Indianapolis
Bayroq
39°46′0″N 86°9′0″W / 39.76667°N 86.15000°W / 39.76667; -86.15000
Mamlakat AQSh
Shtat Indiana
Okrug Marion
Hukumat
 • Mer Gregory A. Ballard (R)
Maydon 9,635 km2 (3,720 kv mi)
Dengiz sathidan balandligi 218 m
Aholisi
 (2010)
829,718(12th)
Zichligi 861 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC−4, yozda UTC-3
Telefon kodi 317
Pochta indeks(lar)i
FIPS kodi 18-36003[1]
Indianapolis xaritada
Indianapolis
Indianapolis
Indianapolis xaritada
Indianapolis
Indianapolis

Buyuk Indianapolis Marion okrugi va yondashgan okruglardan tashkil topgan. Kengroq taʼrifga koʻra Indianpolis yondosh hududlari bilan birgalikda hisoblaganda 2 million aholiga ega boʻlib (2005), unga AQShning 23chi va Midwestʼning 7chi yirik shahri maqomini olib beradi. Yagonalashgan ish kuchi va media bozori boʻyicha Indianapolis Metropolitan Statistik Hududi(MDH) 2005 yilga koʻra 1.64 million aholini tashkil etgan. Metropolitan Statistik Hududiga koʻra Indianapolis MidwestdaChikago, Detroyt, Minneapolis, St.Louis, Clevelend, Cincinnati va Columbusdan keyingi sakkizinchi oʻrinni egallaydi.

Urush qatnashchilariga monument.

Indianapolis kuchli sport mavqei ega boʻlib , 1987 yilda Pan Amerikan oʻyinlari, Basketbol Turniri hamda har yili oʻtkaziladigan Indianapolis 500 uchun mashhur. Shaharni Indy, Amerika chorrahasi va Aylana shahar deb ham nomlashadi.

Tarixi

tahrir

Indianapolis poytaxt sifatida 1821 yilda tashkil topgan. Jeremiah Sullivan, Indiana Oliy Sudi sudyasi ushbu nomni Indiana soʻziga grekcha polis soʻzini qoʻshish orqali Indianapolis deb kashf etti; soʻzma-soʻz Indianapolis Indian shahri maʼnosini beradi. Shahar Oq daryo boʻyida tashkil etilib, ushbu daryo asosiy transport vositasi boʻladi degan notoʻgʻri taxmin ila qurilgan; biroq, suv yoʻli buning uchun juda sayoz edi. Shtat yangi poytaxt shaharning dizaynini Aleksandr Ralstonga topshirdi.

Shahar aslida sharq-gʻarb yoʻnalishidagi Milliy Yoʻlining ustida joylashgan. Dastlabki temir yoʻl, Madison va Indianapolis, 1847 yil 1-Oktyabrda oʻz faoliyatini boshladi. Asr soʻngiga kelib, Indianapolis oʻgir sanoat ishlab chiqara boshlab, Chikago, Louisville, Cincinnati, Columbus va St. Louislarni bogʻlovchi transport markazi boʻla boshladi. Yon hududlardagi tabiiy gaz va neftʼ zahiralari, shahrning kech 19 asrda gullab yashnashiga asos boʻldi.

Geografiyasi

tahrir

Maydoni — 963,5 km2. Shundan 945,6 km2 quruqlik, 17,9 km2 esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 218 m balandlikda joylashgan.

Manbalar

tahrir
  1. „American FactFinder“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2008-yil 31-yanvar.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil