Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (XST) (inglizcha: International Organization for Standardization; fransuzcha: Organisation internationale de normalisation; qisqartmasi ISO [3]) — butun jahon mamlakatlari uchun umumiy boʻlgan (xalqaro) standartlarni ishlab chiqish hamda standartlashtirish sohasida jahon miqyosida hamkorlik qilish bilan shugʻullanadigan nodavlat tashkilot. Londonda 1946-yil taʼsis qilingan. Idorasi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan[4]. Xalqaro standartlashtirish tashkilotiga 167 mamlakatning standartlashtirish milliy tashkiloti aʼzo (2022).
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti
 |
Qisqartma |
ISO |
---|
Turi |
Nodavlat tashkilot |
---|
Ishga tushgan sanasi |
23-fevral, 1947-yil (76 yil avval) (1947-02-23) |
---|
Joylashuvi |
Jeneva, Shveysariya |
---|
Prezidenti |
Ulrika Francke |
---|
Aʼzolari |
167 ta aʼzo[1] |
---|
Vebsayti |
iso.org |
---|
Til(lar)i |
|
---|
ISO Members.svg |