Termiz xalqaro aeroporti (IATA: TMJICAO: UTST) — Termiz shahri yaqinidagi xalqaro aeroport.

Termiz xalqaro aeroporti
Термиз халқаро аэропорти
IATA kodi: TMJICAO kodi: UTST
Qisqacha bayon
Aeroport turi yo'lovchi tashish
Egasi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston hukumati
Operator Oʻzbekiston havo yoʻllari
Xizmat doirasi Termiz
Joylashuvi Termiz, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston
Dengiz sathidan balandligi 1 027 ft / 313 m
Koordinatalari 37°17′12″N 067°18′36″E / 37.28667°N 67.31000°E / 37.28667; 67.31000 G O
Xarita
TMJ (Oʻzbekiston)
TMJ
Oʻzbekiston xaritasida
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
07/25 3,000 9,843 Beton
Manba:[1]

Tavsif tahrir

Termiz aeroporti Oʻzbekiston Respublikasidagi yirik aviatashkilotlardan biri hisoblanib uning asosiy faoliyati quyidagilardan iboratdir:

  • Havo kemalariga yerda xizmat koʻrsatish;
  • Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish;
  • Yuklarga xizmat koʻrsatish;
  • Pochtaga xizmat koʻrsatish;

Termiz aeroporti „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasi tarkibiga kiradi. „Termiz“ aeroporti 1 soatda 100 ta aviayulovchilarga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega. Yongʻin xavfsizligi boʻyicha UTPZ (Yongʻindan himoyalash talablari darajasi) ning 8- darajasiga teng. „Termiz“ aeroporti kecha-kunduz davomida ishlaydi va barcha turdagi (jumladan A-320, A-310, Boing 737, 757, 767, Il-114, Il-76) havo kemalari va barcha turdagi vertolyotlarni qabul qiladi. Termiz aeroporti 2010-yil dekabr oyida ISO 9001: 2008 xalqaro standartlariga muvofiq „Rus registori“ assotsiatsiyasining sertifikatiga ega boʻldi. Termiz aeroporti havo kemalari xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha maxsus avtotransport parkini doimiy ravishda yangilanishni amalga oshirib kelmoqda. Avtomobil parkida muzlashga karshi suyuqlik bilan ishlov beruvchi ISUZU avtomashinasi, aerodrom qoplamasini tozalash uchun AIST-5 VMU shamol purkash avtomashinasi, shuningdek havo kemalarini elektr bilan taʼminlovchi „Utronnik GPU — 150“ rusmli qurilma, gʻarbda ishlab chiqarilgan havo kemalariga yuklarni ortish va tushirishga moʻljallangan „Trepel“, yoʻlovchilar uchun „ABS — 580“ rusmli avtotraplar hamda barcha turdagi zamonaviy havo kemalarini havo yordamida yurgizuvchi qurilmalar mavjud. Ruxsatnoma nazorat punktlarida xavfsizlikni taʼminlash uchun zamonaviy maxsus uskunalar oʻrnatilgan. Termiz aeroportida havo kemalarini ekspluatatsiya qilish va unga xizmat koʻrsatish xalqaro IKAO standartlariga muvofiqdir. Aeroportdan Toshkent, Moskva shahriga muntazam qatnovlar amalga oshiriladi hamda Yevropa va Osiyo mamlakatlariga charter qatnovlari amalga oshiriladi. Yoʻlovchi va yuk tashuvlari yildan yilga oʻsib bormoqda. Axborotlar texnologiyasini rivojlanishi munosabati bilan aeroport tashuvlarni tashkil qilish xizmatida yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun elektron koʻrinishdagi aviachiptalarni sotish hamda SDCS global tizimida yoʻlovchilarni qayd qilish joriy etildi, aerovokzal binosi 2011-yilda qayta taʼmirlanib ishga tushirildi[2].

Manbalar tahrir

  1. Aeroport haqida TMJ Great Circle Mapper'da.
  2. arxiv nusxasi, 2017-07-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-06-25