Magadan
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Magadan — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Magadan viloyati markazi. Oxota dengizining Nagayev qoʻltiqchasidagi port (Nagayevo). Aholisi 121,6 ming kishi (1998). Shahar korxonalarida konchilik asbobuskunalari, yoqilgʻi apparaturasi ishlab chiqariladi, kema, avtomobil, traktorlar taʼmirlanadi. 42 sanoat korxonasi, shu jumladan, qurilish materiallari korxonalari, tikuvchilik fabrikasi, koʻnpoyabzal kombinati, TETS bor. M.da Uzoq Sharq ilmiy markazining Shimol biologik muammolari instituti, Shim.-Sharq kompleks ilmiy tadqiqot instituti, Shim.-Sharq qishloq xoʻjaligi zonal ilmiy tadqiqot instituti, Tinch okean baliq xoʻjaligi va okeanografiya instituti boʻlimi mavjud. Pedagogika instituti, politexnika texnikumi, tibbiyot va musiqa bilim yurtlari, 2 teatr, telemarkaz, muzey ishlab turibdi. Avia yoʻnadishlar orqali M. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk va boshqa shaharlar bilan bogʻlangan. Kolima traktining boshlangʻich punkti. M.ga 1930-yillar boshida asos solingan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |