Qoradaryo tumani — Oʻzbekiston SSR Zarafshon okrugi va Samarqand viloyatida 1926—1959-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy birlik.

Qoradaryo yumani
tuman
Tegishli Zarafshon okrugi, Samarqand viloyati
Tarkibida 12 ta qishloq sovetlari
Maʼmuriy markazi Payshanba qishlogʻi
Asos solingan sanasi 1926-yil
Bekor qilingan sanasi 1959-yil 2-mart
Aholi 38 290 kishi (1939)
Maydoni 350 km²
Xaritada

Tarixi

tahrir

Qoradaryo tumani 1926-yilda tashkil etilgan, markazi Payshanba qishlogʻi.

1930-yilda okruglarning tugatilishi munosabati bilan tuman bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtdi.

1938-yil 15-yanvarda Qoradaryo tumani Samarqand viloyati tarkibiga oʻtkazildi.

1943-yilda tuman hududining bir qismi yangi tashkil qilingan Ishtixon tumaniga oʻtkazildi.

1948-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, okrug tarkibiga 12 qishloq sovetlari: Oqqoʻrgʻon, Olimboy, Girdiqoʻrgʻon, Guliston, Durbesh, Kattaming, Kichikmundiyak, Qoʻshtepa, Tepaqoʻrgʻon, Choʻyanchi, Yodgorxoʻja va Yorboshi kirgan[1].

1959-yil 2-martda tuman tugatilib, hududi Kattaqoʻrgʻon tumaniga oʻtkazildi.

Aholisi

tahrir

1939-yildagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Qoradaryo viloyatida 38 290 kishi istiqomat qilgan, jumladan oʻzbeklar 90,9%, ruslar 2,2%, tatarlar 2,0%, tojiklar 1,4%, qozoqlar 1,4% tashkil etgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Административно-территориальное деление Узбекской ССР, Ташкент, 1948. 
  2. „Всесоюзная перепись населения 1939 года. Национальный состав населения районов, городов и крупных сел союзных республик СССР“. Демоскоп. Qaraldi: 2021-yil 23-yanvar.