Kattaqoʻrgʻon tumani
Kattaqoʻrgʻon tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-yil 28-sentabrda tashkil etilgan. Shim.dan viloyatning Ishtixon, janubi-sharqdan Nurobod, gʻarbdan Narpay, sharqdan Pastdargʻom, shimoli-gʻarbdan Navoiy viloyatining Xatirchi tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 1,47 ming km2. Aholisi 189 ming kishi (2002). Tumanda 3 shaharcha (Kadan, Suv Ombori, Payshanba) va 17 qishloq fuqarolar yigʻini (Abulqosim, Alijon, Girdiqoʻrgʻon, Durbesh, Kattakoʻrpa, Kattaming, Kiikmindon, Jumaboy, Moybuloq, Omonboy, Saroyqoʻrgʻon, Yangiqoʻrgʻoncha, Qoʻshtepa, Uyshun, Shoʻrak, Murtak, Zarafshon) bor. Markazi Payshanba shaharchasi.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Samarqand viloyati |
Maʼmuriy markazi | PAYSHANBA |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
39°54′0″N 66°15′36″E / 39.90000°N 66.26000°E |
Tabiati
tahrirRelyefi, asosan, yassi tekislikdan iborat boʻlib sharqdan gʻarbga nishab, Oʻrtacha bal. 450 m. Shim. chegarasi boʻylab Qoradaryo, jan. chegarasi boʻylab Oqdaryo kanali oqib oʻtadi. Ikki daryodan chiqarilgan Miyonkol, Shavat, Toss, Narpay ariklari asosiy sugʻorish manbaidir. Tuman hududida barpo etilgan Kattaqoʻrgʻon suv ombori („Kattaqoʻrgʻon dengizi“)ning xoʻjalikdagi ahamiyati katta. „Kattaqoʻrgʻon dengizi“da baliqchilik xoʻjaligi tashkil etilgan. Iqlimi kontinental. Yozi issiq, quruq, qishi moʻtadil sovuq. Yillik oʻrtacha temperatura 13°, yanvarda —1,9°, iyulda 29,1°. Maksimal temperatura 44°, minimal temperatura —35°. Kuzda dastlabki sovuqlar oktabrning birinchi oʻn kunligidan boshlanadi. Sovuq boʻlmaydigan davr 177 kun. Janubiy-sharqiy va sharqiy shamollar esib turadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 282 mm. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda yogʻadi. Baʼzan qattiq jala quyadi. Tuproqlari och tusli, oddiy yoki tipik boʻz tuproq boʻlib, azaldan sugʻorib kelingan. Yovvoyi oʻsimliklardan kampirchopon, eshakmiya, gʻumay, semizoʻt, shoʻra, ituzum, chitir, oqquray, karrak, yantoq, yalpiz, naʼmatak, chirmovuq va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, quyon, chiyaboʻri, jayran, jayra; qushlardan soʻfitoʻrgʻay, qirgʻovul, loyxoʻrak, chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaldoq, tustovuq, oʻrdak, mayna, sudraluvchilardan gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar, kemiruvchilardan koʻrsichqon, kichik qoʻshoyoq, qumsichqon, kalamush, sichqon, yumronqoziq, qunduz va b. uchraydi.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, rus, tatar, qozoq, koreys, arman va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 128,6 kishi (2002). Shaharliklar 25,6 ming kishi, qishloq aholisi 163,4 ming kishi (2002).
Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, qurilish, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xoʻjaliklari paxtachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, gʻallachilik, polizchilik, tokchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Tumanda qoʻshma korxona, kichik korxona, aksiyadorlik jamiyatlari, xususiy, shirkat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik, qandolatchilik va b. rivojlangan.
Tuman hududi orqali Nukus, Urganch, Buxoro, Navoiy sh.laridan Toshkentga qatnovchi avtobuslar oʻtadi. Kattaqoʻrgʻon tumani markazidan viloyat ichidagi yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 25 ming 978 ga, shu jumladan, 13400 ga yerga paxta, 8918 ga yerga gʻalla ekiladi, shuningdek, sholi, beda, poliz, sabzavot ham yetkaziladi. 22 ming ga yerda oʻrmon xoʻjaligi joylashgan, 100 gaterakzor. Kattaqoʻrgʻon tumanida 22 shirkat xoʻjaligi, 343 dehqon-fermer xoʻjaligi bor. Shulardan, „Kattaqoʻrgʻon“ parrandachilik aksiyadorlik jamiyati, „Oriyon“ parrandachili k fermer xoʻjaliklari unumli ishlamokda. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 55 ming 766 qoramol, 30 ming 826 qoʻy va echki, 389 ming 625 parranda boqiladi (2002). 2001/2002 oʻquv yilida tumanda 97 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, qariyb 50 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Shuningdek, kasb-hunar maktabi, litseyi, kolleji, musiqa maktablari faoliyat koʻrsatadi. 58 kutubxona, 23 madaniyat uyi, 3 muzey mavjud.
560 oʻrinli kasalxona va boshqalar tibbiy muassasalarda 198 vrach, 828 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi.
„Kattaqoʻrgʻon haqiqati“ tuman gazeta 1931-yildan chiqadi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |