AdirlarOʻrta Osiyo togʻlarining past-baland etaklari. A. uchlamchi va toʻrtlamchi davrlarning togʻ jinslari-dan tashkil topgan. A. Fargʻona, Hisor, Surxondaryo vodiylarida koʻproq konglo-merat va chaqir toshlardan iborat boʻlib, ba’zi joylarida lyoss (soz tuproq) bilan qoplangan. A.ni koʻp joylarda soy hamda jarlar kesib oʻtib, ayrim-ayrim qismlarga boʻlib yuborgan. A.ning den-giz sathidan bal. 400–500 m dan 1000–1500 m gacha. A. mintaqasi balandroq togʻ etaklaridan koʻpincha kambar tektonik botiqlar orqali ajralgan boʻladi. A. Fargʻona vodiysi atrofidagi togʻ eta-klarida juda aniq namoyon boʻlgan (mas, Avval adirlari). Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari atrofida ham bor. Landshaf-ta chala choʻl va choʻllardan iborat. Bahor 195paytida A. da oʻtlar, lolalar oʻsib yotadi. Xoʻjalikda A.dan erta bahorda yaylov sifatida foydalaniladi, yogʻin koʻproq tushadigan A.da (Hisor, Zarafshon vodiylarida) gʻalla yetishtiriladi. Ay-rim joylarda suv chiqarib bogʻlar bunyod etil-gan. Kopetdogʻ va Qrim togʻlari etaklari-dagi shunday balandliklar bayirlar deb yuritiladi.

Edith Martineau - Martineau-96401 - Leith Hill.jpg

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil