Bosh menuni ochish

Turkiston tizmasi - HisorOlay togʻ sistemasiga kiruvchi togʻlar. Oʻzbekiston va Tojikiston hududida joylashgan. Sirdaryo va Zarafshon oraligʻida suvayirgʻich. Sharqdan gʻarbga Mastchoh tog tugun idan Zarafshon daryosining oʻrta okimigacha 350 km ga choʻzilgan, eni 60 km dan ziyod. Shark,da, Soʻx daryosining boshlanish qismida, Olay togʻlaridan Mastchoh togʻ tuguni orqali ajraladi, gʻarbda Parmontepa qalʼasi yaqinida tugaydi. Turkiston tizmasi sharqda Fargʻona vodiysini, gʻarbda Mirzachoʻlni oʻrab turadi. Sharqiy kismi baland (5000–5400 m), qor va muzliklar bilan qoplangan. Gʻarbiy qismi (Chumqartov) past (2600–3400 m). Eng baland joyi sharqda 5680 m (Piramida choʻqqisi), gʻarbda Bozorxonim choʻqqisi (3405 m), shimoli-gʻarbiy qismi Molguzar togʻlaridan iborat. Bular birbiridan Sangzor daryosi vodiysi bilan ajralgan. Nurota togʻlarini ham Turkiston tizmasining davomi deb hisoblaydilar. U Molguzardan Ilonoʻtti togʻ yoʻlaga orkali ajralgan. Turkiston tizmasida koʻplab dovonlar mavjud. Shahriston dovonidan UstrushonaDushanba avtomobil yoʻli oʻtgan.

Turkiston tizmasining shimoliy yon bagʻri qiya, qir va adirlarga tutashib ketadi. Shimoliy yon bagʻrining sharqida Boʻragan, Bosmondiq, Oqsuv, Laylak, Isfara kabi soylar qrr va muzliklardan suv oladi. Gʻarbda Sangzor daryosining chap irmoqlari: Guralash, Boyqoʻngʻir, Kukjar, Tangatopdi, Jumjum, Baxmazar soylari qor va bahorgi yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Daryolari maʼlum havzalarga quyilmasdan, tekislikka chiqqach, butunlay sugʻorishga sarflanadi; Zomin, Jizzax suv omborlari barpo etilgan.

Turkiston tizmasi gersin burmalanishida koʻtarilib, keyinchalik yemirilgan va uchlamchi davrda qayta koʻtarilib hozirgi qiyofaga kelgan. Paleozoy erasiga xos boʻlgan qumtosh, slanets, granit, diorit va qisman ohaktoshlardan, neogen konglomeratlari va toʻrtlamchi davr lyoss yotqiziklaridan tashkil topgan. Iqlimi kontinental, turli qismlarida turlicha xususiyatga ega. Togʻ oldi tekisligi va togʻ oldida iqlim issiq va quruq. Yillik oʻrtacha temperatura 13,G—12,2°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,2°, iyulniki 25°, 26°, °. Eng yuqori temperatura 45°. Baland qismida iqlim ancha salqin, oʻrtacha yillik temperatura —G ga yaqin, yanvar niki — 11,4°. Eng past temperatura —34°. Yillik yogʻin 600–700 mm dan ziyod. Yogʻinning bir qismi qor shaklida tushadi. Qorning qalinligi 15—30 sm, ayrim joylarda 1 m gacha boʻlib, mart oyigacha, balandroq joylarda may oyigacha erimaydi. Shamolning oʻrtacha tezligi 2,0—3,2 m/sek., baʼzida 28 m/sek.ga yetadi.

Turkiston tizmasining sharqiy qismida muzlik koʻp. Ularning umumiy maydoni qariyb 150 km². Janubiy qismida Zarafshon muzligi joylashgan. Togʻ oldi tekisligi va togʻ oldida 1500–1800 m balandlikda tipik va toʻq tusli boʻz tuproqda efemerlar, shuvoq hamda bugʻdoyiq oʻsadi. Gʻarbiy qismining 1800–3000 m balandliklarida togʻ oʻrmondasht mintaqasi joylashgan. Bu yerlarda jigarrang, qoʻngʻir tuproqlarda archa, pista, bodom, doʻlana, itburun, zirk, baland boʻyli dasht oʻtlari oʻsadi. Tizmaning gʻarbiy qismida 2800– 3400 m, sharqida 3000–3500 m balandliklarda subalp mintaqasi boʻlib, togʻoʻtloqdasht tuproqlar qoʻngʻirbosh, rang, oqsoʻxta, betaga, taktak, quyonsuyak kabi har xil oʻtlar bilan qoplangan. 3500 m dan yuqori qismi alp mintaqasidan iborat. Turkiston tizmasining oʻrmon va butazorlarida qobon, oq tirnokli ayiq, kakliklar, jayra, sugʻurlar, baland togʻlarda kiyik, yovvoyi echki, togʻ kurkasi uchraydi. Togʻ yaylovlaridan chorvachilikda keng foydalaniladi. Zomin togʻoʻrmon davlat qoʻriqxonasi va Zomin xalq bogʻi tashkil etilgan. Togʻ yon bagʻirlarida tabiiy boylik koʻp, iqlimi va suvlari shifobaxsh. Mevali va dorivor oʻsimliklar oʻsadi.

Murod Mamatqulov.