Sugʻurlar (Marmota) — tiyinlar oilasiga mansub kemiruvchilar urugʻi. 15 turi bor. Tanasining uz. 60 sm cha, dumi 20 sm cha, ogʻirligi 2,5–9 kg. Boʻyni kalta, koʻzi katta, quloq suprasi kichik. Junlari kalin va uzun. Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonda uzun dumli (kizil) S. va koʻk S. uchraydi. Togʻ hamda pasttekisliklardagi oʻtloklarda yashaydi. 1 — 6 ta kirishchikish teshikli murakkab uyalar (3 m cha chukurlikda, 8 m cha uzunlikda) qaziydi. Qishda uyquga kiradi. Oila boʻlib hayot kechiradi. Koloniya xreil qiladi. May oyida bolalaydi. Bolalari iyun—iyul oylarida uyasidan chiqadi. 2 yidda jinsiy voyaga yetadi. Har xil oʻtlar (asosan, boshokli), baʼzan chuvalchang, mollyuska va hasharotlar bilan oziqlanadi. Yogʻi va moʻynasi uchun ovlanadi. Koʻk S. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi roʻyxatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.