Oqsoʻxta
Oqsoʻxta (Dactylis glomerata L.) - boshoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Oqsoʻxtaning boʻyi 100-150 sm. Poyasi koʻp, havol, serbarg. Ildiz oldi barglari juda koʻp, ingichka va uzun (100 sm gacha). Toʻpguli bir yonlama roʻvak, poyaning uchida. Ildizi sershox, uzun (100 sm gacha).
Oqsoʻxta | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
| ||
Dactylis glomerata L.
|
Oqsoʻxta qor ostidayoq koʻkara boshlaydi, iyunda gullaydi, avgustda urugʻi pishadi va yer ustki qismida quriydi. Oʻzbekistonda togʻlarning shimoliy yon bagʻirlarida, ayniqsa, daraxt va butalar ostida koʻp oʻsadi. Oqsoʻxta eng yaxshi ozuqabop oʻsimliklardan biri; tarkibida 6,2— 24,3% protein bor. Mollarga koʻk holida beriladi, pichan tayyorlashda XIX asr boshlarida oqsoʻxta lalmikor va sugʻoriladigan yerlarga ekila boshlagan.[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |