Zarafshon muzligi
Zarafshon muzligi - Olay, Turkiston va Zarafshon tizmalari birbiri bilan qoʻshilgan joydagi muzlik. Mastchoh tog tugunida joylashgan. Uzunligi 27,8 km, eng keng joyi 2 km, mayd. 43 km² (irmoqlari bilan birga 132,6 km²), oʻrtacha qalinligi 200 m. Muzlikning 24 km² qismi morena bilan qoplangan. 3. m.ning umumiy hajmi 14,9 km³. Boshlanish joyining bal. 4900 m, quyi chegarasining bal. esa 2772 m. 30 dan ortiq irmogʻi bor. Eng yiriklari: Tolstoy muzligi (uz. 12 km, mayd. 19 km²), Faraxnov (uz. 14,4 km, mayd. 14 km²), Miramin (uz. 7 km, mayd. 10 km²) va Skachkov (uz. 6,5 km mayd. 9 km²) muzliklaridir. 3. m.ning suv zaxirasi (irmoqdari bilan) qariyb 19 mlrd. m³. Muzlik uchi ancha pastga tushib kelganidan yozda koʻp eriydi.
Adabiyot
tahrir- Krupneyshiye ledniki Sredney Azii — ledniki Fedchenko i Zarafshanskiy [Rezultati meteorologicheskix i gidrologicheskix issledovaniy], L., 1967; Kreyter A. A., Nasirov M. A. i dr., Sovremennoye oledeneniye v basseyne reki Zarafshan, T., 1972; Shuls V. L., Mashrapov R., Oʻrta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969.[1]
Manbalar
tahrir