Zarafshon (daryo)
Zarafshon (tojikcha: Зарафшон; forscha: زرافشان - zar — oltin, afshon — sochuvchi; Mastchoh) — Tojikiston va Oʻzbekistondagi daryo. Avesto yodgorliklarida "Daytiya" — "Ezgu suv" deb yuritilgan; yunonlar hukmronligi davrida "Daytiya" soʻzi yunonchaga aynan tarjima qilinib, Politimet — "Koʻp ezgu suv" deb atalgan; daryoning Sugd, Jirt, Jon, Somjan shaklidagi nomlari ham maʼlum; pahlaviy (qad. forscha) tilida "Nomiq" ("Mashhur", "Ezgu"), fors tilidagi manbalarda Rudi Mosaf, Rudi Shargʻ deyilgan; arabcha manbalarda esa Haramkom — "Muqadsas daryo", Vodiy usSugʻd, Nahr ulBuxoro kabi nomlari qayd etilgan; "Boburnoma"da Obi Koʻhak deb tilga olingan; keyinroq Daryoyi Koʻhak, 18-asrdan 3. deb atala boshlagan. Uzunligi 877 km, havzasining mayd. 41860 km², shundan togʻli qismi 17710 km², qolgani togʻ oldi qirlari va tekislikka toʻgʻri keladi. Zarafshon vohasida mil. av. 2ming yillik — 1ming yillik boshlarida yashagan oʻtroq aholi Zarafshondan kanalariqlar chiqarib dehqonchilik qilgan. 1—4-asrlarda Zarafshondan suv oladigan Dargʻom, Qalqonota, Shohrud, Romitan kabi yirik kanallar, SangiSaloh, Katta Beglik, Damdaryo kabi ariqlar qazilgan. Zominsuvdan qad. Varaqsar (hoz. Rabotxoja) qishlogʻi yaqinida arablar istilosi (712)dan ancha oldin qurilgan toʻgʻondan uchta ariq chiqarilgan. Eng shim.dagisi — Dargʻom arigʻi, qolgan ikkitasi temuriylar davrida Abbos va Qoraunas deb atalgan, keyinchalik ular Yangiariq va Qozonariq nomini olgan. Bu ariqlardan Samarqand shahridan janubdagi yerlar sugʻorilgan. Samarqand shahridan sharqdagi yerlarga suv keltiriluvchi Mirzaariq, Tuyatortar ariqlari 5—6-asrlarda qazilgan degan maʼlumotlar bor. Qad. ariqlardan boʻlgan Narpay (Nahrpoy) Sugʻdning eng yirik irrigatsiya inshooti hisoblangan. Tabi Zarautsoy rasmlari. Zarafshon daryosining yuqori qismi. iyki, oʻsha davrlarda Samarqand sh. ham Zominsuvdan suv ichgan. Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi Shofirkon (Shopurkom), Harkanrud (hoz. Qalqonrud), Xitraf yoki Govxitfar (hoz. Vobkentdaryo), Buxoro sh.ni suv bilan taʼminlovchi Rudizar (hoz. Shohrud) kanallari ham qad. suv inshootlaridandir. Ular haqidagi maʼlumotlar Narshaxiy, Istaxriy, Muqaddasiy asarlari (Yua.)da keltiriladi. 3. suvidan qadimdan Samarqand, Buxoro, Karmana muzofotlari bilan birga Qashqadaryo (Eski Angor kanali orqali) va Jizzax (Eski Tuyatortar kanali orqali) muzofotlari yerlari ham bahramand boʻlib kelgan. 3. Turkiston, Zarafshon va Olay togʻ tizmalari birikkan joy — Mastchoh (Koʻksuv) togʻ tugunidagi Zarafshon muzligidai Mastchoh daryosi nomi bilan boshlanadi. Boshlanish joyidan qariyb 189 km quyida, chapdan Fondaryo qoʻshiladi va 3. nomini oladi. Zominsuvga muzliklar va buloqlardan boshlanadigan 4200 ga yaqin irmoq quyiladi. Eng yiriklari — Fondaryo, Qoʻshtutdaryo, Magʻiyondaryo. Tojikiston hududiga qarashli yuqori oqimida 3. Turkiston va Zarafshon togʻ tizmalari oraligʻida yon bagʻirlari baland va tik koʻtarilgan, koʻpchilik joylarida dara va tangilardan iborat tor vodiyda juda tez oqadi. Daryo vodiysi yirik irmoqlar kelib qoʻshiladigan joylardagina bir oz kengayadi. 3. Rabotxoja toʻgʻoni yaqinida Tojikiston hududidan chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi chegarasiga kiradi va Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlaridan oqib oʻtadi. Samarqand sh. yaqinida (sharqrokda), Choʻponota tepaligi yonida 3. ikki tarmoqqa — Okdaryo (oʻng) va Qoradaryo (chap)ga ajraladi. Ular Miyonkol o.ni hosil kilib, Navoiy viloyati Xatirchi tumani markazi — Yangirabot shaharchasi yaqinida birlashadi va yana 3. nomi bilan oqadi. 3. suvining 70—75% qismi Qoradaryo tarmogʻidan oqadi. Bu oraliqsa atrofdagi togʻlardan koʻplab soy oqib tushadi, suvning ozligi va sugʻorishga olinishi natijasida soylar 3. va uning tarmoqlarigacha yetib kelmay qurib qoladi. Navoiy sh. yaqinida, Boyqut va Toshrabot qishloqlari oraligʻida dare vodiysi ancha torayadi.
Zarafshon (daryo) | |
---|---|
Zarafshon Tojikistonda | |
Tavsif | |
Uzunligi | 877 |
Suv sarfi | 162 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Oʻzbekiston va Tojikiston |
Zarafshon (daryo) |
Soʻng jan.gʻarbiy yoʻnalishda oqib, Qizilqum choʻliga kirib boradi, Buxoro, soʻng Qorakoʻl vohalaridan oqib oʻtadi. Mana shu qismida (Qorakoʻl sh.gacha) Qorakoʻldaryo deb ham ataladi. Qorakoʻl sh.dan 3 km yuqorida qurilgan toʻgʻon — suv taqsimlagichda 3. suvi kanallarga boʻlib yuborilgan. Toʻgʻondan quyida daryo oʻzani yana ikki tarmoqqa ajraladi: chapdagisi (kattarogʻi) — Toyqir, oʻngdagisi esa Saribozor deb ataladi. Har ikki tarmoqning yuqori qismi sugʻorish kanali sifatida xizmat qiladi. Sugʻorishdan ortgan va qaytarma suvlar Toyqir oʻzani orqali Dengizkoʻlga quyiladi. Saribozor tarmogʻi ham Qorakoʻl vohasidan ancha narigacha davom etadi, lekin quyi oqimida oʻzani koʻpincha quruq boʻladi. 3. Amudaryoga yetib bormaydi. Mil. av. 3. suvi Amudaryoga quyilgan degan fikr bor. Akad. Ya. Gʻ. Gʻulomov boshchiligida 50-yillarda shu hududda oʻtkazilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida daryoning muzlik davridan soʻng , mil. av. 4ming yillikkacha Amudaryoga quyilganligini koʻrsatuvchi izlar borligi aniklandi. Biroq yunon manbalarida, mas, Iskander Maqduniy (Aleksandr)nnng tarixchisi Kvint Kursiy Ruf, geograf Strabon (mil. av. 1-asr), tarixchi Arrian (mil. av. 2-asr Oxiri — 1-asr boshi)lar "Politimet (3.) sersuv boʻlishiga qaramay, qumga singib ketadi" deb yozishgan. Lekin, Hofizi Abru (13621431) "Obi Koʻhak (3.) suvi toshganda Amudaryoga yetib boradi" deydi. Demak, 3. maʼlum davrlardagi tabiiy iqlim sharoitlarida Amudaryoga quyilgan.
Zominsuvning suv toʻplash maydoni ancha baland joylashgan: Dupuli koʻprigidan yuqoridagi qismining oʻrtacha bal. 3100 m. Shu tufayli havzasida doimiy qor va muzliklar koʻplab uchraydi. 3. havzasida mayd. 1 ga va undan katta boʻlgan 424 muzlik hisobga olingan, ularning umumiy mayd. 557 km2. 3. muzlik, doimiy qor, mavsumiy qor qoplami va buloq suvlaridan toʻyinadi. 3. havzasining togʻli qismida 80 ga yaqin koʻl bor.
Zarafshon daryosiga Oʻzbekiston hududida bir qancha soy suvlari quyiladi, ulardan eng muhimligi Urgutsoy, Omonqoʻtonsoy, Oqsoy, Toʻsinsoy, Kattasoy va Tasmachisoylardir.
Zominsuvda toʻlinsuv davri aprel—sent. oylarida kuzatiladi. Bu davrda daryo yillik oqimining 80—85% oqib oʻtadi, oqimining qolgan qismi kuzgiqishki (okt.—mart) kam suvli davrga toʻgʻri keladi. Iyul—avgust oylarvda Zominsuvda suv eng koʻp boʻladi. Zominsuvning Dupuli koʻprigida oʻlchangan oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 154 m³/ sek yoki 4,86 km³ (1914—21, 1923—89). Zominsuvning oʻrtacha yillik suv sarfi yillararo kam oʻzgaradi: Dupuli koʻprigida uning eng kichik oʻrtacha yillik suv sarfi 112 m³/sek (1957), eng katta oʻrtacha yillik suv sarfi 201 m³/sek (1973). Daryoning suv miqdori yil davomida katta oralikda oʻzgarib turadi: eng katta suv sarfi 1964 yil 31 mayda 996 m³/sek, eng kichik suv sarfi 1928 yil 31 yanvarda 24 m³/sek ga teng boʻlgan. Zominsuvning oʻrtacha koʻp yillik loyqa oqiziqlari sarfi Dupuli koʻprigi yaqinida 130 kg/sek yoki yiliga 4200 ming t ni tashkil etadi, suvining oʻrtacha loyqaligi 0,80 kg/m³; daryo havzasining har bir km² suv yigilish maydoni yuzasidan oʻrta hisobida yiliga 412 t tuproq va b. tog jinslari yuvilib turadi. Zominsuvda 60-yillar oxiridan daryo suvi minerallashuvi ortib bordi. 70-yillarning boshlarida suvining minerallashuvi quyi oqimida togʻli qismiga nisbatan 2,9 marta koʻpaydi. Keyingi yillarda ham daryo suvining minerallashuvi uning quyi qismi tomon borgan sari ortib boraverdi. Masalan, 1979 yilda Zominsuvning yuqori oqimida minerallashuv darajasi 0,22—0,39 g/l boʻlgan boʻlsa, Navoiy sh. yaqinida 0,58—1,05 g/l ortgan. Natijada 3. suvidan uning quyi oqimida ichimlik suvi sifatida foydalanish imkoniyati butunlay yoʻqoldi. 3. togʻli qismida muzlamaydi, lekin shovush kuzatiladi. Qish faslining obhavo sharoitiga (issiq yoki sovuq kelishiga) bogʻliq holda bu hodisa 2—70 kun davom etadi. 3. quyi oqimida baʼzan qisqa muddat muz bilan qoplanishi mumkin. Qishda daryo, asosan, yer osti (buloq) suvlari hisobiga toʻyinadi. Paxta maydonlarini kengaytirish maqsadida Zominsuvdan Oʻngqirgʻoq kanali, Yangi Dargʻom, MiyonqolXatirchi, Markaziy Miyonqol kabi yangi kanallar chiqarilgan, eskilari taʼmirlangan. 3. suvidan samarali foydalanish maqsadida Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon sh. yaqinida Kattaqoʻrgʻon suv ombori, Buxoro viloyatida esa Quyimozor suv ombori va gidrouzellar qurilgan. Zominsuvning quyi oqimidagi ekinzorlarga AmuQorakoʻl kanali, Amu-Buxoro mashina kanali orqali Amudaryo suvi ham keltirilgan. Voqada sugʻoriladigan ekin maydonlari kengayishi va ulardan chiqadigan suvning koʻpayishi natijasida koʻplab yangi koʻllar paydo boʻldi, eskilari (Dengizkoʻl, Shoʻrkoʻl) kattalashdi (ularning soni 40 dan ortdi). 3. vohasida Samarqand, Buxoro, Kattaqoʻrgʻon, Gʻijduvon, Romitan, Navoiy (Karmana bilan birga) kabi shaharlar joylashgan[1].
Adabiyot
tahrir- Гулямов Я. Г., Исламов У., Аскаров А., Первобытная культура и возникновение орошаемого земледелия в низовьях Зарафшана, Т. 1966;
- Shul s V. L., M ashrapov R., Oʻrta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969;
- Muhammadjon ov A. R., Quyi Zarafshon vodiysining sugʻorilish tarixi, T., 1972;
- Chembarisov E. I., Bahriddinov B. O., Oʻrta Osiyoning daryo va zovur suvlari gidroximiyasi, T., 1983;
- Hasanov H. H., Geografik nomlar siri, T., 1985;
- Rasulov A. R., Hikmatov F. H., Oʻzbekistonning suv resurelari, ularni tejash va muhofaza qilish yoʻllari, T., 1989.
Manbalar
tahrir