Gʻijduvon
Gʻijduvon — Oʻzbekiston Respublikasining Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi shahar (1972-yildan), tuman markazi. Buxoro shahridan 49 km shimoli-sharqda, Buxoro vohasining yuqori qismida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qiziltepa (17 km). Aholisi 38,6 ming kishi (2003). Gʻijduvon toponimining kelib chiqishi haqida mahalliy aholi orasida turli rivoyatlar mavjud. Shulardan „Kish tuvon“ („kish“ tojikcha ekin ekuvchi, „tuvon“ — manzil), yaʼni ekin ekadigan dehqonlar manzili yoki „Gʻujudehon“ — koʻp qishloklardan tashkil topgan joy maʼnosida izohlaydilar. Shahar hududi va uning atrofi qad.dan dehqonchilik rivojlangan hudud hisoblangan.[1]
Gʻijduvon | |
---|---|
shahar | |
40°06′0″N 64°40′0″E / 40.10000°N 64.66667°E G OKoordinatalari: 40°06′0″N 64°40′0″E / 40.10000°N 64.66667°E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Buxoro viloyati |
tuman | Gʻijduvon tumani |
Aholisi (1989) |
38 600 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Gʻijduvon manbalarda qishloq sifatida 10-asrlardan boshlab tilga olinadi. 15—18-asrlarda Gʻijduvon bekligining markazi boʻlgan. Podsho Rossiyasi mustamlakachiligi davrida ham Gʻijduvon yirik iqtisodiyijtimoiy markazlardan hisoblangan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Gʻijduvonda 15 ta masjid, 55 xusu-siy maktab va madrasa, 3 ta hammom, 300 dan ortiq savdo doʻkonlari, 24 juvozxona faoliyat koʻrsatgan. Shaharda paxta tozalash, meva-sabzavot konserva, gʻisht, pivo va yaxna ichimliklar zavodlari, „Buxoroteks“ toʻqi-machilik korxonasi, MTP, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, gilam toʻqish, poyabzal fabrikalari, milliy kulolchilik, qandolatpazlik, kulolchilik, novvoyxonalar. dehqon bozori, madaniy savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Gʻijduvon Buyuk ipak yoʻli yaqinida joylashgan hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Shahar kulolchilik. temirchilik, zargarlik, kashtachilik buyumlari. holvapazlik mahsudotlari bilan mashhur.[1]
Umumiy taʼlim maktablari, litsey, qurilish va tibbiyot kasb-hunar kollejlari, tuman markazi kutubxonasi, madaniyat uylari, klub muassasalari, madaniyat va istirohat bogʻi, muzeylar bor. Shuningdek, stadion, sport saroyi va boshqa sport inshootlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, ayollar konsultatsiyasi, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi.[1]
Gʻijduvon muhim transport yoʻllari yoqasida joylashgan. Buxoro va viloyatning boshqa yirik shaharlariga avtobuslar qatnaydi. Shaharlar 10 dan ziyod tarixiy meʼmoriy obidalar bor. Shulardan Abduxoliq Gʻijluvoniy masjidi va maqbarasi (12-asr). Ulugʻbek madrasasi (1432 — 33). Toshmasjid va Dehqonobod xonaqosi (15 —16-asrlar), Xoja Soktare masjidi (17-asr), Chorsu masjidi va boshqa mashhur.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |