Gʻijduvon tumani — Buxoro viloyatidagi tuman. Viloyatning shimoli sharqiy chekkasida joylashgan. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Shimoli sharq va janubi sharqdan Navoiy viloyatining Konimex, Karmana, janubdan Vobkent, gʻarbdan Shofirkon tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,94 ming km;. Aholisi 19 ming kishi (2017). Tumanda 1 shahar (Gʻijduvon). 14 shaharcha (Abadi, Beshtuvo, Gajdumak, Jovgari, Ko'lijabbor, Mazragan, Yuqori Rostgo'y, O'zanon, Xatcha, Chag'dari, Dodarak, Namatgaron, Yuqori Qumoq) va 14 qishloq fuqarolari yig'ini (Armechan. Taxtaxon, G'ovshun, Zarangari. Ko'kcha. Pozagari. Rayonobod, Soktari. Sarvari. Sarmijon, Ulfatbibi. Fayzul.ta Yupusov. Firishkent. qoraxoni) bor. Markazi — Gʻijduvon shahri

Gʻijduvon tumani
Гиждуванский район
tuman
Tarkibida Buxoro viloyati
Maʼmuriy markazi Gʻijduvon
Asos solingan sanasi 1926
Hokimi Ashurov Sherzod Raximovich[1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Gʻijduvon tumani xaritada
Koordinatalari: 40°6′0″N 64°40′0″E / 40.10000°N 64.66667°E / 40.10000; 64.66667 G O

TabiatiTahrirlash

Tuman hududinnng yer yuzasi gʻarbga pasayib boruvchi tekislikdan iborat. Shimoliy katta qismini Qizilqum choʻli egallagan. Shimoliy va Shimoli-sharqiy qismida Qoratogʻ tizmasining gʻarbiy chekkalari joylashgan. Shoʻr-koʻl suv ombori atrofi toʻlqinsimon plato, qirlardan, Zafarobod shaharchasi chekkalari yemirilgan past togʻlardan iborat. Eng baland joylari 485-505 m (Koʻkcha togʻi.ta). Gʻijduvon shahri atrofida balandligi 240-248 m.

Gʻijduvon tumanining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan Oyoqogʻitma berk botigʻining nisbiy chuqurligi 133 m boʻlib, uning markaziy qismi tashlama suvlardan hosil boʻlgan Oyoqogʻitma koʻlidan iborat. Iqlimi subtropik belgilarga ega boʻlgan keskin kontinental choʻl iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0°, — G, iyulniki 26—28°. Eng past temperatura —25° (1969, 1984), eng yuqori temperatura 45° (Qumliklardagi ochiq joylarda 60—70°). Yiliga 130-150 mm yogʻin tushadi (asosan, qish va bahor oylarida yogʻadi). Yozi quruq va uzoq davom etadi. Vegetatsiya davri 200—210 kun. Tuman Zarafshon daryosidan chiqarilgan Sultonobod, Jilvon, Qalqonroʻd, Pirmast ariqlari, Amu-Buxoro mashina kanali sistemasidagi tarmoqlar orqali suv bilan taʼminlanadi. Shoʻrkoʻl kanali oʻtkazilishi tufayli Qutchi, Jilvon mavzelarida yangi yerlar oʻzlashtirildi.

Tuprogʻi sugʻoriladigan yerlarda oʻtloqi-voha va taqirli voha tuproqlar. Choʻl zonasida esa sur-qoʻngʻir, choʻlqumli, taqirsimon shoʻrxok tup-roqlar tarqalgan. Orasida taqir tup-roqlar va taqirlar ham uchraydi. Oʻsim-lik va hayvonot dunyosi voha va choʻl zonasiga xos. Choʻlda iloq, arpagon, yaltirbosh, cherkez, karrak, oqpechak, shuvoq, selin, sassiqkovrak, achchiq-miya, shoʻra, partak, singren, qoʻngʻirbosh, donashoʻr, oq jangal, yulgʻun, qandim, qora saksovul; suvga yaqin yerlarda qamish, qoʻgʻa, boʻyra qamish (eriantus), yulgʻun koʻp. Yovvoyi hayvonlardan jayron, qarsoq tulki, chiyaboʻri, tolay quyoni; yumronqoziq va boshqa; sudralib yuruvchilardan boʻgʻma ilon, koʻlvor ilon (gyurza), echkemar, kaltakesak, agama, toshbaqa, dasht tipratikani; qushlardan qora kaptar, tuvaloq, kaklik, zarafshon qirgʻovuli, burgut, qora bovur, oq bovur, bizgʻaldoq uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, qozoq, ukrain, tatar, boshqird, turkman, arman, ozarbayjon, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 60,8 kishi. Shahar aholisi 43,6 ming kishi, qishloq aholisi 195,4 ming kishi (2005).

XoʻjaligiTahrirlash

Tumanda paxta tozalash, pivo va yaxna ichimliklar, meva-sabzavot konserva zavodlari, „Buxoroteks“ toʻqimachilik korxonasi, avtokorxonalar, qurilish tashkilotla-ri, MTP, gilam toʻqish, poyabzal fabrikalari, milliy kulolchilik, qan-dolatpazlik, non sexlari, dehqon bozori, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Tumanda hunarmandchilik (beshiksoz-lik, kulolchilik, temirchilik, kash-tachilik, zargarlik, kulchapazlik, holvapazlik va boshqalar) qadimdan rivoj-langan.

Qishloq xoʻjaligida paxtachilik va gʻallachilik asosiy urin tutadi, chorvachilik, sabzavotchilik tarmoqdari ham mu-himdir. Sugʻoriladigan 22,1 ming ga yerning 10,8 ming gektariga paxta, 7,2 ming gektariga don, 3,1 ming gektariga yem-xashak ekinlari, shuning-dek, kartoshka, sabzavot ham ekila-di. Gʻijduvon oʻrmon xoʻjaligi (maydoni28,5 ming ga) tashkil qilingan (1980-yildan). U Gʻijduvon, Mingchinor, Shoʻrkoʻl, Oʻrtachoʻl boʻlimlaridan iborat: 2,2 ming gektari oʻrmonzor, 27 gektari mevali bogʻ, bodomzor, 12 gek-tari tokzor, 41 gektari plantatsiya. Qolgan yerlari — yaylov. Shirkat, de-hqon, fermer xoʻjaliklari bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklari-da 2,2 ming qoramol (shu jumladan, 741 sigir), 3,5 mingdan ziyod qoʻy va echki, 13,6 ming parranda boqiladi (2004).

Gʻijduvon tumanida 66 umumiy taʼlim maktabi, litsey, 5 kasb-hunar kolleji va oʻkuv muassasalari faoliyat kursatadi. Tuman markaziy kutubxonasi va uning 55 ta tarmogʻi (345,4 ming nusxa asar), 21 klub muassasasi, madaniyat uyla-ri, madaniyat va istirohat bogʻi, mu-zeylar bor. 35 sport inshooti (shu jumladan, 5 stadion, 2 sport sa-’royi, tennis korti, sport zallari sport maydonchalari va boshqalar) mavjud. 3 kasalxona, 2 poliklinika, stomato-logiya poliklinikasi, 4 hududiy po-liklinika, qishloq vrachlik ambula-toriyasi, 50 qishloq vrachlik punkta, 15 feldsher-akusherlik punkti, 2 dispanser, ayollar konsultatsiyasi, dorixonalar, 2 sogʻlomlashtirish mas-kani aholiga xizmat kursatadi.

Toshkent—Buxoro—Turkmanobod xalqaro avtomobil yoʻli, Buxoro— Toshkent temir yoʻl tuman hududidan oʻtgan. Tuman markazidan Buxoro va viloyat-ning boshqa shaharlariga avtobuslar qatnaydi.

Gʻijduvon tumanida Abduxoliq Gʻijduvoniy masjidi va maqbarasi (12-asr), Ulugʻbek madrasasi (1432—33), Toshmasjid va Dehqonobod xonaqosi (15—16-asrlar), Xoja Soktari masjidi (17-asr), Chor-su masjidi va boshqa qadimiy meʼmoriy yodgorliklar saqlanib qolgan. 1931-yildan „Gʻijduvon hayoti“ gaz. chop eti-ladi.

Isroil Nazarov, Xudoynazar Toshev.





  1. Buxoro viloyati G`ijduvon tumani hokimligi