Yangirabot
Yangirabot — Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi shaharcha (1972-yildan), tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Zirabuloq (14 km). Yangirabotdan Navoiy shahri gacha 70 km. Aholisi 15,5 ming kishi (2004). Paxta tozalash zavodi, non kombinati, MTP, qurilish korxonalari va boshqalar bor. Kichik, oʻrta biznes korxonalar, mikrofirmalar ishlab turibdi. Umumiy taʼlim maktablari, litsey, bolalar musiqa va sanʼat maktabi, kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, muzey, klub muassasalari, madaniyat saroyi, Mustaqillik, Xotira maydonlari, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Markaziy stadion, sport maydonchalari va sport zallari va boshqalar bir qancha sport inshootlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻruqxona, poliklinika, dorixonalar va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangirabot bilan Navoiy shahri oʻrtasida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.[1]
Yangirabot | |
---|---|
shahar | |
40°02′0″N 65°58′0″E / 40.03333°N 65.96667°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Navoiy viloyati |
tuman | Xatirchi tumani |
Aholisi | 15 500 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |