Sabzavotchilik 1) dehqonchilikning sabzavot ekinlarini yetishtirish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. S. dehqonchilikning boshqa tarmoklaridan kup jihatdan farq qiladi, jumladan, S.da ekinlar ochiq va himoyalangan (yopiq) yerlarda yetishtiriladi, aksariyat bir mavsumda hosil beradigan ekinlar ekiladi. Dala va himoya langan yerdagi (qarang Parnik, Issiqxona ekinlari) Ska boʻlinadi. Sabzavot ekinlari ochiq maydonlarda (bahoryoz va kuz davrlarida) sabzavot hamda urugʻ, yopiq yerlarda (mavsumdan qatʼi nazar) sabzavot olish uchun yetishtiriladi. Himoyalangan yerlarda oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishi uchun (mas, issiqxonalarda) jami omillar sunʼiy yaratiladi va uni boshqarish mumkin. Bu esa qish, erta bahor, kech kuzda ham sabzavot yetishtirish imkoniyatini yaratadi. S.da yetishtiriladigan ekinlar turining koʻpligi, biologik xususiyatlarining xilmaxilligi bilan ham ajralib turadi. Oʻzbekistonda 70 ga yaqin turdagi S. ekinlari yetishtiriladi va qishloq xoʻjaligida salmokli oʻrinni egallaydi. Oʻrta Osiyoda qovunning 2000-yil ilgari, tarvuz, qovoq, bodring, piyoz, sabzi, kalampir, turp va boshqalarning undan ham ilgari ekilgani maʼlum. Xalq seleksiyasida sabzavot ekinlarining dunyoga mashhur navlari yaratilgan. Asrlar davomida sabzavot ekinlarining tur tarkibi oʻzgarib bordi. Mas, 19-asrning 2-yarmidan Rossiya orkali pomidor, kartoshka, karam, gulkaram, bolgar qalampiri, Xitoydan esa rediska, patisson, pekin karami va boshqa kirib keldi hamda asosiy ekinlar qatoridan joy oldi.

Oʻzbekistonda S. 20-asrning 30y.laridan boshlab keskin rivojlandi, ekiladigan ekin turlari va maydoni koʻpaydi. 1934-yilda Oʻrta Osiyo sabzavotchilik tajriba stansiyasi tashkil etildi. 1940-yilda sabzavot ekinlari maydoni 25,3 ming ga, yalpi hosili 315,2 ming t., hosildorligi 125 s/ga ni tashkil etdi.

Urushdan keyingi yillarda katta shaharlar va sanoat markazlariga yaqin yerlarda ixtisoslashgan yirik S. xoʻjaliklari tashkil etildi, S.ni mexanizatsiyalash muammolari hal qilindi, himoyalangan yerlarda sabzavot yetishtirish maydonlari kengaydi, kombinat tipidagi yirik issiqxonalar qurilishi boshlandi. Toshkent, Samarqand, Andijon va boshqa shaharlarda sabzavotlarni kayta ishlash sanoati barpo etildi.

1960-yilda Oʻrta Osiyo sabzavotchilik tajriba stansiyasi negizida Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti ish boshladi. Sabzavotchilikga yuqori sifatli mahsulot beradigan, hosildor, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli, turli muddatlarda pishadigan sabzavot ekinlarining yangi navlari joriy etildi. Sabzavot ekinlari urugʻchiligi va urugʻshunosligi yoʻlga qoʻyildi.

1980-yil ga kelib Oʻzbekistonda sabzavot ekinlari maydoni 104,3 ming ga, yalpi hosili 2459,1 ming t., hosildorligi 221 s/ga ni tashkil etdi.

21-asr boshidan Oʻzbekistonda aholi jon boshiga yillik sabzavotlar isteʼmolining fiziologik normalarini (jami 113,3 kg; shundan karam 2,1, pomidor 25,6, bodring 5,5, piyoz va sarimsoq 18,3, sabzi 18,3, lavlagi 5,5, boshqa sabzavotlar 20,0 kg) taʼminlash maqsadida S. jadal rivojlantirilmoqda. Yirik shaharlar va sanoat markazlari atroflaridagi tumanlar, asosan, S. bilan shugʻullanadi. Shirkat, dexdon va fermer xoʻjaliklarida ochiq dalada polietilen plyonkalar ostida ertagi sabzavotlarni yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan. Respublikaning jan. viloyatlarida ertagi sabzavotlar yetishtirish rivojlanib bormokdi. S.da chet el navlari va tajribalari keng qoʻllanilmoqda. 2000-yilda Oʻzbekistonda sabzavot ekinlari maydonlari 130,4 ming ga, yalpi hosili 2637,3 ming t, hosiddorligi 173,1 s/ga boʻldi.

Chet ellarda S. qishloq xoʻjaligining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sharqiy Yevropada — Bolgariya, Vengriya, Ruminiyada rivojlangan, bu yerda yetishtiriladigan sabzavotlarning aksariyat qismi eksport qilinadi. Italiya, Niderlandiya (asosan, yopiq yerlarga ekish rivojlangan), Ispaniya, Fransiya (jon boshiga yillik sabzavotlar isteʼmoli 150–200 kg ni tashkil etadi), Buyuk Britaniya, GFR, Polsha va boshqa mamlakatlarda S. katta maydonlarni egallaydi. S. AQSH, Yaponiya, Xitoy, Meksika, Afrika mamlakatlarda muhim oʻrinda turadi.

2) Sabzavot ekinlari biologiyasi va ularni yetishtirish usullarini oʻrganadigan, sabzavot mahsulotlari yetishtirish intensiv texnologiyalarini ishlab chiqadigan fan. Oʻzbekistonda Ska oid ilmiy tadqiqot ishlari Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari, kartoshkachilik institutida, Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik instituti, Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti, Toshkent davlat agrar universitetida olib boriladi. Bu ilmiy tadqiqot va oʻquv muassasalarida koʻplab mahalliy va boshqa mamlakatlardan keltirilgan sabzavot, poliz ekinlari namunalari oʻrganiladi va kolleksiyalari saqlanadi. Oʻzbekiston ilmiy muassasalarida olimlar 1990—2002-yil davomida sabzavot ekinlarining jami 100 dan ortiq nav va duragaylarini yaratdilar. Bu navlarning koʻpchiligi respublikadan tashqari boshqa mamlakatlarda ham ekilmoqda.

Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik sohalarini oʻrganish va rivojlantirishga P.P. Shreder, N.N.Balashev, N. S. Bakuras, K.I.Pangalo, A.K. Karimov, V.I.Zuyev, Ye.V.Yermolova, A.S. Shchukina, S.Q.Qoʻchqorov, B.J.Azimov, A.B.Boqiyev, A.SHakimov, A.M. Abbosov, X.Z. Umarov, D.T.Abdukarimov, O.Ya.Fokina, I.Esanov, A. Nuritdinov va boshqa ilmiy ishlari bilan, shuningdek, seleksionerlar A. Obidov (kartoshka), K. Yusupov (pomidor) va xalq seleksionerlari Oʻrinboy Karimjonov, Matvafo Yusupov, Abdasxon Aligavharov kabilar amaliy yutuklari bilan katta hissa qoʻshgan. S. uchun oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislar Toshkent davlat agrar universiteti va qishloq xoʻjaligi kollejlarida tayyorlanadi.

Adabiyot tahrir

  • Balashov N.N., Ovoshevodstvo. T., 1982, Rubsov M. I., Ovoshevodstvo, 3 izd. M, 1985.

Rafiqjon Hakimov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil