Parnik (rus.) — usti oynavand romlar yoki shaffof plyonka bilan yopiladigan inshoot. Asosan, karam, bodring, pomidor, gul koʻchatlari yetishtiriladi. Sabzavotchilikda P.ning bir va ikki nishabli; chuqur va yer ustki; of-tob, biologik yoqilgʻi va texnika vositalari (suv hamda elektr) yordamida isitiladigan turlari bor. Oʻzbekistonda biologik yoqilgi bilan isitiladigan bir nishabli (20 romli) chuqur va yuza P. koʻp ishlatiladi. P. quriladigan yer issiq, shamollardan toʻsilgan, old tomoni gʻarbga qaragan boʻlishi kerak. P. qurish uchun tepa tomoni 150 sm, tag tomoni 120 sm kenglikda, 60—70 sm chuqurliqda xandaq qaziladi. Parniklar ustiga yopiladigan romlarning boʻyi va eni 160 x YU6 sm yoki 213 x 107 sm boʻlib, ular pishiq, tez chirimaydigan yogʻochdan yasaladi. Xandaq che-tiga qoʻyiladigan yogʻochlar mis kukunining 10% eritmasida boʻktiriladi. Qanday ekin ekilishi va foydalanish muddatiga qarab, P.lar issiq, iliq va sovuq boʻladi. Issiq P. 70—80 sm chuqur qilinib, 50—60 sm qalinlikda yangi goʻng solinadi va qishda foydalaniladi. Iliq P. 50—60 sm chuqur qilinadi, 30—40 sm qalinlikda goʻng solinadi va erta bahorda foydalaniladi. Sovuq P. 25—30 sm chuqur qilinib, goʻng solinmaydi. P.dagi biologik yoqilgʻining qalinligi 10—12 sm, pikirovka qilinadigan P.dagi esa 15—18 sm, yerdan P. romigacha boʻlgan oraliq 8—12 sm boʻladi. Issiqxona xoʻjaligining rivojlanishi va P.larning iqtisodiy samarasi yuqori boʻlmagani sababli 20-asrning 80-yillaridan boshlab koʻproq shaxsiy tomorqa xoʻjaliklarida ishlatiladi.

Rafiqa Gʻanixoʻjayeva.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil