Sigir — buzoqlagan urgʻochi qoramol. Urgʻochi buzoqlar zotiga va oʻsishiga qarab 18—20 oyligida gʻunajin boʻlib yetishadi va qochirishga qoʻyiladi. Boʻgʻozlik davri oʻrtacha 282—285 kun. Gʻunajinlar tuqqanidan keyin sigirlar guruhiga kiritiladi. Sigirlar, asosan, sut va buzoq olish (podani toʻldirish) uchun boqiladi. Ularning sogʻim davri 300— 305 kun. Oʻzbekistonda boqiladigan qizil choʻl, bushuyev, qoraola, shvits zotli sigirlar bir yilda 3000–6000 kg va undan koʻp sut beradi. Sigirlar oʻrtacha 20 (baʼzan 35) yil yashaydi. Xoʻjaliklarda sigirlardan 5—6, ayrim sermahsul, oʻrtacha yillik sogʻimi 9—12 ming kg boʻlgan rekordchilaridan 9—10 marta tugʻishiga qadar foydalaniladi. Qisir qolgan, qarigan, nuqsonli sigirlar semirtirib goʻshtga topshiriladi.[1]

Uy sigiri
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Kenja tip: Umurtqalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Infrasinf: Hamrohlilar
Turkum: Juft tuyoqlilar
Kenja turkum: Kavsh qaytaruvchilar
Oila: Kovak shoxlilar
Kenja oila: Buqalar
Urugʻ: Haqiqiy buqalar
Tur: Yovvoyi buqa
Osttur: Uy buqasi
Binar nomi
Bos taurus
Linnaeus, 1758
Trinomial nomi
Bos taurus taurus,
Bos taurus indicus

Buqachilik tarqalgani
Buqachilik tarqalgani
Sinonimlari

Bos primigenius,
Bos indicus

Yana q.

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil