Poliz ekinlari - oziq-ovqat, yem-xashak va texnika maqsadlarida ekiladigan, palak otib oʻsadigan madaniy ekinlar guruhi. Ayrim olimlar Poliz ekinlariga faqat tarvuz, qovun va qovoqni kiritadilar; chirmashib yoki yerda yotib o'sadi. Osiyo, Afrika va Amerikaning tropik va subtropik mamlakatlaridan tarqalgan. Hozirgi davrda barcha qitʼalarda ekiladi. Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Ukraina, AQSH, Bolgariya, Ispaniyada koʻp yetish-tiriladi. Poliz ekinlari mevasi parhez xususiyatiga ega qimmatli oziq-ovqat mahsuloti; chorva mollariga ozuqa sifatida beriladi. Urugʻidan yogʻ olinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil