Vobkent tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Maydoni 0,39 ming km2. Aholisi 123,600 kishi (2013). Vobkent tumanida bir shahar (Vobkent), 3 shahrchalari (Navbahor, Shirin, Kosari) va 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Imomqozixon, Kumushkent, Permast, Rohkent, Xayrabotcha, Xalach, Hargoʻsh, Ehson, Yangikent, Qipchoq, Qoʻngʻirot) bor. Markazi — Vobkent shahri.

Vobkent tumani
tuman
Tarkibida Buxoro viloyati
Maʼmuriy markazi Vobkent
Asos solingan sanasi 1926-yil
Hokim Javodov Askar Nazarovich [1]
Aholi (2013) Green Arrow Up Darker.svg 123,600
Zichligi 416,2 kishi./km²
Millatlar tarkibi oʻzbeklar — 98%
tojiklar — 1,0%
va boshqalar 1 % [2]
Maydoni 0,39 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 6535[3]
Avtomobil raqami kodi yangisi (80-84), eskisi (20) [4]
Rasmiy sayti http://vobkent.buxoro.uz/
Xaritada
Vobkent tumani xaritada
Koordinatalari: 40°1′12″N 64°31′12″E / 40.02000°N 64.52000°E / 40.02000; 64.52000 G O

GeografiyasiTahrirlash

Vobkent tumani janubida Buxoro tumani, gʻarbda Peshku tumani, Romitan tumanlari, shimolida Shofirkon tumani, shimoli-sharqda Gʻijduvon tumani va sharqda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani bilan chegaradosh.

TabiatiTahrirlash

Vobkent tumani hududi choʻl bilan voha orasidagi tekislikda joylashgan. Iqlim kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati 28—30 °C, yanvarniki — 0 °C dan — 2 °C gacha. Yiliga 140-200 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 150—180 kun. Tuman hududidan Zarafshon daryosi oqib oʻtadi va Amu-Buxoro mashina kanali bor. Tuprogʻi asosan boʻz tuproq. Yantoq, shirinmiya, achchiqmiya, shoʻra, ajriq, qamish, yaltirbosh, qirqboʻgʻin, kovrak, otquloq va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, quyon, yumronqoziq, echkemar, toshbaqa va boshqalar yashaydi.

AholisiTahrirlash

Aholisi 123,0 ming kishi, 98,0 foizi oʻzbeklar, 1,0 foizi tojik va yana 1,0 foizi boshqa millat vakillari dan iborat. Aholi zichligi 1 kv2ga 416,2 kishi toʻgʻri keladi.

Ijtimoiy sohaTahrirlash

2000/2001 oʻquv yilida 46 umumiy taʼlim maktabi, 1 musiqa maktabi, 2 iqtidorli bolalar litseyi, 1 biznes maktabi, 1 kasb-hunar kolleji, 50 dan ziyod ommaviy va bolalar kutubxonasi, 18 klub, 480 oʻrinli kasalxona, 16 vrachlik ambulatoriyasi, 29 qishloq vrachlik punkti boʻlib, ularda 213 vrach, 1218 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1933-yildan „Vobkent hayoti“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 1210).

Tarixiy obidalariTahrirlash

Vobkent shahrida Vobkent minorasi, Vobkent tumanining Xayrobod shirkat xoʻjaligi hududida „Chashmai Ayyub“ maqbarasi (1208—12), Abdulazizxon madrasasi (15—16-asrlar), Vobkent hammomi (16— 17-asrlar), Soʻfidehqon xonaqosi (17— 18-asrlar), Permast qishlogʻida Toshmachit va boshqa tarixiy obidalar mavjud.

XoʻjaligiTahrirlash

Tuman xoʻjaligining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — paxtachilik. Paxta, gʻalla, poliz ekinlari, sabzavot, beda, makkajoʻxori ekiladi. Vobkent tumanida 15 shirkat xoʻjaligi, ijara xoʻjaligi, parrandachilik fabrikasi, xoʻjaliklararo boʻrdoqichilik korxonasi, 5 sanoat ishlab chiqarish korxonasi, 10 qurilish korxonasi, 3 avtokorxona, 300 dan ziyod tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi korxonalar, shuningdek 290 dehqon va fermer xoʻjaliklari, yakka tartibda tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi fuqarolar faoliyat koʻrsatmoqda. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 40,2 ming qoramol, 48,7 ming qoʻy va echki bor. Vobkent tumanida mexanizatsiyalashgan koʻchma qurilish kolonnasi, qurilish boshqarmalari, maishiy xizmat koʻrsatish kombinati, avtobazalar bor. Tuman hududidan Toshkent — Buxoro — Urganch — Nukus avtomobil magistral yoʻli oʻtgan[5].

ManbalarTahrirlash