Zafarobod (shaharcha)

Zafarobod — Jizzax viloyatidagi shaharcha (1997-yildan). Zafarobod tumanining maʼmuriy markazi. Z.ga 1970y.lar boshida Mirzachoʻl va Jizzax choʻllarini oʻzlashtirish avj olgan davrda asos solingan, 1973 yildan tuman markazi. Maydon 230 ga. Aholisi 4000 kishi (2001). Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi — Paxtakor sh. gacha 18 km, Jizzax sh.gacha 42 km. Z.dan Jizzax sh.ga, Paxtakor, Arnasoy, Forish tumanlariga olib boruvchi avtomobil yoʻllari qurilgan.

Zafarobod
shahar
40°23′09″N 67°49′06″E / 40.38583°N 67.81833°E / 40.38583; 67.81833 G OKoordinatalari: 40°23′09″N 67°49′06″E / 40.38583°N 67.81833°E / 40.38583; 67.81833 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Jizzax viloyati
tuman Zafarobod tumani
Aholisi
5 800
Vaqt mintaqasi UTC+5
Zafarobod xaritada
Zafarobod
Zafarobod

Zafarobodda paxta tozalash zdi, elektrod ishlab chiqarish kichik korxonasi, bosmaxona, novvoyxona bor. Avtotransport, mashinatraktor xizmati koʻrsatish, gazlashtirish korxonalari, avtomobil yoʻllari boshqarmasi, kommunal va maishiy xizmat koʻrsatish tarmoqlari faoliyat koʻrsatadi.

Zafarobodda tuman hokimligi binosi, supermarket, „Otaxonlar“ choyxonasi, „Paxtabank“, 2 umumiy taʼlim maktabi, tarix muzeyi, madaniyat saroyi, dehqon bozori, kutubxona, 100 oʻrinli kasalxona, poliklinika, avtostansiya mavjud. Xotira xiyoboni, Mustaqillik maydoni barpo etilgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil