Taxallus (arab tilida — qutulish, xalos boʻlish) — biror ijodkor (shoir, yozuvchi, olim va shu kabi) yoki siyosiy arbobilaning oʻzi uchun tanlab olgan ikkinchi nomi. Har bir muallif Taxallusini muayyan maqsadlarni koʻzda tutgan holda qoʻllaydi. Masalan, omma oʻrtasida oʻz ijodini taʼkidlab koʻrsatish, oʻz ismfamiliyasidan qoniqmaslik, muayyan xavf-xatar, taxdiddan qochish, yashirinish va boshqalar.

Sharq sanʼati va adabiyoti namoyandalari, katta olimlari oʻzlariga turli narsalarga, sifat va xususiyatlarga ishora tarzida (Ulugʻbek — Muhammad Taragʻay, Navoiy, Lutfiy, Bobur, MujrimObid, Munis, Zavqiy), mashgʻuloti, kasbiga nisbatan (Gulxaniy, Charxiy), tugʻilgan yoki yashagan joyiga nisbatan (Buxoriy, Koshgʻariy, Margʻinoniy, Nasafiy, Taroziy, Xorazmiy, Xoʻjandiy, Chustiy, Shoshiy, Yugnakiy, Yassaviy), yashash tarzi yoki qismatiga ishora sifatida (Gadoiy, Gʻaribiy, Uzlat, Muqimiy, Furqat) va boshqa omillarga karab Taxallus olganlar yoki tanlaganlar. Sharqda ham, Gʻarbda ham koʻpchilik ijodkorlar faqat Taxallusi bilan mashhur boʻlishgan. Masalan, Beruniy — Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad, Navoiy — Gʻiyosiddin oʻgʻli Alisher, Muqimiy — Muhammad Aminxoʻja oʻgʻli, Oybek — Muso Toshmuhammad oʻgʻli, Yashin — Komil Nuʼmonov, Chustiy — Nabixon Xoʻjayev; Stendal — Anri Mari Beyl, Jorj Sand — Avrora Dyupen va boshqa Baʼzi shoirlar birdan ortiq Taxallus bilan (Navoiy — Foniy; Mujrim — Obid; Nodir — Uzlat — Mahjur; Nodira — Maknuna — Komila kabi), baʼzan bir necha shoir bir Taxallus bilan ("Navoiy" Taxallusli 10 ga yakin shoir boʻlgan) ijod qilganlar.

Sharq mumtoz adabiyotining deyarli barcha namoyandalari, koʻpchilik olimlar va baʼzi siyosiy arboblar maʼlum Taxallusga ega boʻlishgan. Taxallus qoʻllashning adabiyotshunoslikda ahamiyati katta: bayoz, devon, majmua kabi qoʻlyozma manbalar matnlarida qoʻllangan Taxallus tufayli tegishli asarlarning mualliflari anikdangan. Navoiy Taxallusning shu maʼnodagi ahamiyatini "Lison uttayr" asarida quyidagicha izdautaydi: Sahna debosiyu nazm inshosidur, Kim taxallus nozimi tam/osidur. Bu kim oni birla topti imtiyoz Ne varaqkim, nazm qildi avin roz. Kim bu Saʼdiy yo Nizomiyning durur, Yo bu Xusravning, bu Jomiyning durur.

Hozirgi kunda Taxallusning shoir yoki yozuvchi oʻz ismi va familiyasini qoʻshimchasiz qoʻllagan koʻrinishi uchraydi: Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Izzat Sulton, Jamol Kamol, Usmon Azim va boshqa