Lison ut-tayr
Lison ut-tayr (arab. — "Qush tili") — Alisher Navoiyning dostoni, oʻzbek mumtoz adabiyoti va oʻzbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan. 1498—99 yilda fors shoiri Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asari taʼsirida yozilgan. Asar syujeti va bosh gʻoya xususida Attorga izdoshlik qilgan. "L.ut-t." falsafiy doston boʻlib, shoir unda majoziy obrazlar, qahramonlarning sarguzashtlari orqali tasavvuriy gʻoyalarini ifodalagan. Navoiy asarda Xudo tashqarida emas, sening oʻzingda, degan fikrni olga suradi. Shu yoʻsinda insonni ulugʻlaydi, uning kamolotga erishish yoʻlini yuksak sheʼriy mahorat bilan bayon etadi.Asarning barcha gʻoyasi odamning tarbiyasini koʻrsatishga qaratilgan.
"L.ut-t." 3598 baytdan (176 kichik bobdan) iborat boʻlib, aruz vaznining ramali musaddasi maqsur (foilotun — foilotun — foilon) vaznida yozilgan. Asardagi boblar alohida epizodlardan, savol-javoblardan, kichik hajmli hikoya va masallardan tashkil topgan. Asardagi hikoyalarda Navoiy buyuk hikoyanavis sifatida koʻzga tashlanadi. "L. ut-t." Alisher Navoiyning 20 jildli Mukammal asarlar toʻplami 12-j. (T., 1996)dan oʻrin olgan.
AdabiyotTahrirlash
- Sharipov Sh., Alisher Navoiy "Lison ut-tayr" dostonining genezisi va gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari, T., 1982;
- Sultonmurod O., Naqshband va Navoiy, T., 1996.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |