Neʼmat Aminov

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi

Neʼmat Aminov (1937-yil 17-iyul, Buxoro viloyati, Romitan tumani — 2005) — hajvchi yozuvchi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992).

Neʼmat Aminov
Tavalludi 17-iyul 1937-yil
Vafoti 18-oktyabr 2005-yil(2005-10-18)
(68 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Faoliyati

tahrir

Buxoro pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tamomlagan (1959). Viloyat radioeshittirish qoʻmitasida muharrir va bosh muharrir (1961—1973), „Mushtum“ jurnalida masʼul kotib, bosh muharrir (1973—1995), „Sharq yulduzi“ jurnali bosh muharrir oʻrinbosari (1989—1991), respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ jamoatchilik markazi rahbari (1995—1999).

Birinchi hajviy hikoyalar toʻplami — „Ikki pullik obroʻ“ 1966-yilda nashr etilgan. Soʻng „Qirq uchinchi pochcha“ (1970), „Labihovuz xandalari“ (1973), „Chinorlar qoʻshigʻi“ (1984), „Yelkasiz polvon“ (1986), „Oʻgʻri mushukcha“ (1987), „Qahqaha“ (1987), „Yallama-yorim“ (1988), „Cholbolaning ertaklari“ (1990) va boshqa hajviy toʻplamlari eʼlon qilingan. 1976—1983-yillarda „Yelvizak“ va „Suvarak“ qissalari asosida „Yolgʻonchi farishtalar yoxud yelvizakfeʼl va suvarakmijoz Bashirjon Zaynishev hayotidan“ hajviy romanini yaratgan.

Ijodiga xos xalqchillik „Bir asr hikoyati“ (1996) asarida namoyon boʻlgan. Asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan.

Unvon va mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir