Mehnat shuhrati ordeni

Oʻzbekistonda taʼsis etilgan ordenlardan biri
(Mehnat shuhratidan yoʻnaltirildi)

„Mehnat shuhrati“ ordeni — Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgust. Qonuni bilan taʼsis etilgan[2].

„Mehnat shuhrati“ ordeni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi orden
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston va xorijiy davlat fuqarolariga
Taqdirlash asosi iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Koʻrsatkichlari Balandligi 46 mm
Kengligi 41 mm
Taʼsis sanasi 1995-yil 30-avgust[1]
Navbat
Toʻngʻich mukofot Faxriy murabbiy ordeni
Kenja mukofot Sogʻlom avlod uchun ordeni
Ushbu maqolani tinglang (4 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 7-iyul, 2022-yil(2022-07-07) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

„Mehnat shuhrati“ ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekistonda iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti mukofotlaydi. Orden bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlarining, jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi. „Mehnat shuhrati“ ordenini va bu mukofotga oid tegishli hujjatni tantanali va keng oshkoralik vaziyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, shunga vakil qilingan boshqa shaxslar topshiradi. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining qirq karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar va qonunchilikda belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. „Mehnat shuhrati“ ordeni koʻkrakning chap tomoniga taqiladi. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.

Tavsifi

tahrir

„Mehnat shuhrati“ ordeni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan kumushdan tayyorlanadi. Orden markaz qismidan nurlar taralib turgan yashil dafna novdalari bilan oʻralgan boʻrtma notoʻgʻri ellips shaklidadir. Ordenning yuqori qismida hilpirab turgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan. Ordenning boʻyi 46 millimetr, eni — 41 millimetr. Ordenning markazida, diametri 16 millimetrli kumush rang doira ichida, quyosh fonida kumush rangda Toshkent shahridagi Xalqlar doʻstligi saroyi tasvirlangan. Doira oq emal bilan qoplangan paxta chanoqlari va diametri 29 millimetrli tishli gʻildirakcha bilan hoshiyalangan. Pastda kumush rang hoshiyali qizil yoqut rangdagi fonda „MEHNAT SHUHRATI“ degan kumush rang yozuv bor. Harflarning boʻyi 2 millimetr. Ordenning orqa tomoni botiq shaklda. Pastda 1 millimetr kattalikdagi shriftda ordenning tartib raqami yozilgan. Orden eni 24 millimetrli rangdor yoʻl-yoʻl shoyi mato (lenta) sirilgan besh qirrali qadagʻich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Sariq yoʻlning eni 3 millimetr, qizil yoʻlning eni 8,8 millimetr, havo rang yoʻlning eni 4,8 millimetr, yashil yoʻlning eni 4 millimetr, chetdagi sariq yoʻlning eni 3,2 millimetr. Havo rang va yashil yoʻllar biri-biridan eni 0,2 millimetrli oq yoʻl bilan ajratilgan. Qadagʻichning boʻyi 48 millimetr, eni 46 millimetr. Orden toʻgʻnogʻich bilan taqiladi.

Taqdirlanganlar

tahrir

Manbalar

tahrir