Yangibozor — Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi shaharcha (1973-yildan), tuman markazi. Viloyat markazi (Toshkent shahri) dan 35 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Toshkent (35 km). Yangibozor oʻrtasidan Qorasuv kanali oqib oʻtadi. Aholisi 13 ming kishi (2004). Non zavodi, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, MTP, qoʻshma, kichik korxonalar, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 3 umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, kasb-hunar kollejlari mavjud. Tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub muassasalari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion va boshqalar sport inshootlari ishlab turibdi. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangibozor — Toshkent yoʻnalishida avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.[1]

Yangibozor
shahar
41°18′54″N 69°31′31″E / 41.31500°N 69.52528°E / 41.31500; 69.52528 G OKoordinatalari: 41°18′54″N 69°31′31″E / 41.31500°N 69.52528°E / 41.31500; 69.52528 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Toshkent viloyati
tuman Yuqori Chirchiq tumani
Aholisi
13 700
Vaqt mintaqasi UTC+5
Yangibozor xaritada
Yangibozor xaritada

Manbalar tahrir

  1. "Yangibozor (shaharcha)" OʻzME. Ya-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil