Mirzo Hayit Sahbo
Mirzo Hayit Sahbo (1845-yil, Buxoro — 1918-yil, Kobodiyon) — oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan shoir. Buxoro shahar suv xo‘jaligi boshqaruvchisi. Buxoro shahrining mirshabi vazifalarida ishlagan.
Mirzo Hayit Sahbo | |
---|---|
Tavalludi |
1845-yil |
Vafoti |
1918-yil Kobodiyon |
Fuqaroligi | Buxoro amirligi |
Kasbi | Shoir, mirshab, mirob |
Faoliyat yillari | 1885—1918 |
Mirzo Hayit uning asl ismi boʻlib, Sahbo esa taxallusidir. Buxoro amirligida ma‘muriy amaldorlardan bo‘lgan. Ba‘zi adabiyotlarda to‘pchiboshi lavozimida ishlagan. Shuning uchun ham Mirzo Hayit to‘pchiboshi deb ham atalgan. Sahbo Buxoro amirligidagi Vobkent nohiyasining Arabon qishlog‘ida tugʻilgan. Ilm olish maqsadida Buxorodagi madrasaga o‘qishga borgan. Madrasada o‘qib yurgan kezlari aql-zakovati tufayli amir Muzaffarxon uni o‘g‘li Abdulahad xodimlari qatoriga qo‘shib qo‘yadi. Muzaffar vafot etganda Abdulahadxon Karmanadan Buxoroga qaytadi va Sahboni muhim lavozimlardan biri bo‘lgan eshik og‘asi vazifasiga tayinlaydi. Sahbo ikki tilda she‘r yozgan zullisonayn shoirlardan biridir. Bir qancha she‘rlari qo‘shiq sifatida ham kuylangan. Bizgacha 20 ga yaqin she‘ri yetib kelgan. Abdulagadga Sahboning haqiqatgo‘yligi yoqmay uni saroydan chetlatib, miroblikka tayinlaydi. O‘sha paytda miroblarga xazinadan mablag‘ ajratilmas, ular yashash uchunbsuv sotishga majbur bo‘lganlar. Biroq Sahbo ikki yil davomida bu lavozimda halollik bilan ishladi. Keyinchalik Abdulahadxon uni shahar mirshabi etib tayinlaydi. Muzaffarxon davrida amirlikda o‘g‘rilik, kazzoblik ko‘payib mirshablar ham ularga sherik bo‘lib hatto amirlik mulkiga tajovuz holatlari ham uchrab turgan. Sadriddin Ayniyning yozishicha, mirzo Hayit faqirona kun kechirsa-da, o‘g‘ri va qimorbozlarga sherik boʻlmagan.
1917-yillarda amir askarlari tomonidan qamoqqa olinadi[1]. Keyinchalik ozod qilinib, 1918-yilda Kobodiyonga hokim qilib yuboriladi. Kolesov voqeasi ro‘y vergan paytda ham Kobodiyon hokimi mirzo Hayit bo‘lgan. 6 oy hokimlik davridan soʻng shaharga Davronbek ismli yangi hokim tayinlanadi. Davronbek bir qancha askarlar, Kobodiyon Jom‘e masjidi xatibi, ba‘zi odamlarni ergashtirib, Sahboning gazeta o‘qishi, yoqasi tugmali kamzul kiyishini pesh qilib, jadidlardan degan vaj bilan o‘ldirib yuboradilar. Davronbekning o‘zi ham hokimligining ikkinchi oyi bir dehqon tomonidan otib oʻldirilgan[2].
1980-yilda Sahboning o‘z qo‘li bilan tuzgan devoni O‘zFA Qo‘lyozmalar instituti fondida saqlanayotganligi aniqlandi. Devon 263 betdan iborat, 550 dan ortiq sheʼrlar joy olgan. Sheʼrlarining 61 tasi o‘zbek tilida. Janrlari: g‘azal, muxammas, musaddas. 1991-yilda adabiyotshunos H.Muxtorova shoirning „Tanlangan sheʼrlar“ini chop etdi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Таджиско-узбекский поеэт Мирзо Хайити Сахбо“. Qaraldi: 22-iyul 2023-yil.
- ↑ I.Qodirov, F.Shirinova. Soʻnggi sulola taqdiri. Toshkent "Muharrir" 2019 — 88-bet. ISBN 978-9943-354-44-9.
- ↑ Begali Qosimov „Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining ilk bosqichi“. ziyouz.com (4-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 22-iyul 2023-yil.