Jarqoq platosi
Jarqoq platosi — Buxoro viloyatidagi plato. Amu-Buxoro mashina kanalining oʻng sohilida joylashgan. Eng baland joyi 393 m, uz. 12 km, eni 3-4 km. Plato atrofdagi tekislikka nisbatan gumbazeimon koʻtarilgan. Yon bagʻirlari, ayniqsa, janubi-sharqi va shimoli-gʻarbi ancha tik. Shimoli-gʻarbiy yon bari tekislikka zinapoyasimon pasayib boradi, suvayirgʻich qismi yassi. Yon bagʻirlari tub jinslar (ohaktosh, qumtosh, konglomerat)dan iborat qatlamlardan tashkil topgan. Etaklarida mayda shagʻal va qum aralash dagʻal jinslardan iborat prolyuvial shleyf bor. Boʻzqoʻngʻir tuproqlarda asosan shuvoq, biyurgʻun, boyalich, keyreuk tarqalgan.[1]
Manbalar
tahrir