Tarixi Muqimxoniy (yoki Muqimxon tarixi) — tarixiy asar. Muallifi XVII asrda oʻtgan yirik tarixchi Muhammad Yusuf Munshiydir.

Asarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Muhammad Yusuf Munshiy asli balxlik boʻlgan va Subhonqulixon (1651—1680-yillarda Balx, 1680—1702-yillarda Buxoro xoni) hamda Muhammad Muqimxon (1697— 1707-yillarda Balx xoni) saroyida munshiy boʻlib xizmat qilgan. U “Tarixi Muqimxoniy” nomli asarini yozgan. Mazkur asar 1697—1704-yillar orasida fors tilida yozilgan boʻlib, Balx va qisman Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etadi. “Tarixi Muqimxoniy”da turkiy xalqlarning afsonaviy onasi Alanquva, Chinngizxonning ota-bobolari va moʻgʻullar tomonidan Movarounnahr, Balx va Badaxshonning bosib olinishi tarixi qisqacha bayon etilgan. Ikkinchi bobda Balx va qisman Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, Buxoro va Balx xonliklarining Hindiston, Turkiya va Koshgʻar bilan boʻlgan siyosiy munosabatlari, uchinchi bobda esa 1702—1704-yillar voqealari, xususan Buxoro bilan Balx oʻrtasida boshlangan qurolli kurash oʻrin olgan. Asar toʻla oʻzbekchaga 1861-yili taijima qilingan, undan ayrim parchalar fransuz va rus tillarida e’lon qilingan. 1956-yili toʻliq ruscha taijim asi A.A.Semenov tom onidan chop etilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik. A.Madraimov, G. Fuzailova. Т.: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.