Abdurahmon Vali maqbarasi
Abdurahmon Vali maqbarasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (XIV asr). Maqbara (18,5x10,8 m) uch gumbazli, tarhi toʻgʻri burchakli. Ziyoratxona va ikki goʻrxonadan iborat. Ziyoratxonaning toʻrt tomoni ravoqli. Shimoliy ravoqda eshik oʻrni bor. Bosh tarzidagi peshtogʻining ikki burchagida tomga chiqiladigan zina, gʻarbiy devorida mehrob bor. Goʻrxona ikki murabba tarhli xona (4,85><4,7 m) dan iborat boʻlib, biridan ikkinchisiga ravoq orqali oʻtilgan. Goʻrxonaning birida ikki qator ganch suvoqli katta-kichik sagʻanalar, ikkinchisida xom gʻishtdan qurilgan yirik sagʻana joylashgan. Bu xonalarning tomi dastlab gumbazli boʻlgan. Taʼmir vaqtida tekis tom va sinchli devorlar ishlangan. 1950-1986-yillarda oʻrganilgan va taʼmir qilingan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |