Buxoroteks aksiyadorlik jamiyati

Buxoroteks aksiyadorlik jamiyati — toʻqimachilik sanoati korxonasi. "Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. Buxoro shla joylashgan. 1970-yil qurilishi boshlanib, 1974-yilda 1yigiruvtoʻquv fabrikasi, 1976-yilda ip boʻyash fabrikasi, 1981-yilda 2yigiruv fabrikasi, 1982-yilda 2 toʻquv fabrikasi ishga tushirilgan. 1974—83 yillarda Buxoro ipgazlama kombinati, 1984-yil Buxoro toʻqimachilik kombinati, 1985—93 yillarda Buxoro ipgazlama birlashmasi nomlari bilan atalgan. 1994-yildan hozirgi nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Ip, xom surp va tayyor gazmollar, shuningdek momiq sochiqlar ishlab chiqaradi. Yillik loyiha quvvati 22139 t paxta kalava, 126,5 mln. pogon m xom surp, 128,6 mln. pogon m tayyor gazlama. 1996-yilda 25,5 mingt kalava ip, 89,4 mln. pogon m xom surp, 92,6 mln. pogon m tayyor gazlama, 10,4 mln. dona sochiq ishlab chiqardi. Korxonada 9,3 mingdan ziyod kishi ishlaydi (2001). Korxona oʻz mahsulotlarini AQSH, Shveysariya, Germaniya, Gollandiya, Italiya, Turkiya, Avstriya, Rossiya, Ukraina, Belarus kabi davlatlarga eksport qiladi. Buxoroteks aksiyadorlik jamiyati andozalariga moye raqrbatbardosh va sifatli mahsulot ishlab chiqargani uchun "Oltin globus" xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan (1994). Korxonada Shveysariya, Germaniya, Rossiya, Gollandiyada tayyorlangan zamonaviy uskunalar oʻrnatilgan. Gʻijduvon, Vobkent, Olot, Qorakoʻlda filiallari bor.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Buxoroteks aksiyadorlik jamiyati" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil