Gazli gaz-neft koni
Gazli gaz-neft koni - Buxoro viloyati, Romitan tumani hududida, Buxoro shahridan 100 km chamasi shimoli-gʻarbda joylashgan. 1956 yil ochilgan. Geologik tuzilishida yura, boʻr, paleogen va neogen yotqiziqlari qatnashgan. Yura yotqiziqlari qizil rangli qumtosh va gil jinslaridan (kalinligi 100 m gacha) tuzilgan. Boʻr sistemasining barcha yaruslari yotqiziqla-ri uchraydi.
Gazli gaz-neft koni choʻziq assimetrik antiklinalda joylashgan. Gazli antiklinali yonida Qurbonali va Koʻhnagumbaz braxiantiklinallari bor. Neogen qatlamlari boʻyicha struktura gumbazi juda keng, uz. 30 km, bal. 30—40 m. Shimoliy qanoti xiyla yotiq, enkayish burchagi G30\jan. qanoti tikroq — 10—15°. Olay qatlami boʻyicha burma uz. 43 km, kengligi 10—16 km, bal. 200 m. Paleogen (eotsen) qatlamlari boʻyicha assimetrik. Boʻr yotqiziklarida burma gumbazi ikkita qubbadan tuzilgan. Gʻarb tomondagisi koʻproq koʻtarilgan, yassi shaklda, kenglik buyicha chuzilgan. Kubba bal. 40 m. Burma gumbazi yotiq (GZO1), qanot qiyaligi shimolida 2° gacha, janubida 20°.
G. g.-n. k. zaxirasi boʻyicha ulkan konlar qatoriga kiradi. Gazning umumiy zaxirasi 500 mlrd. m3. Eng yirik gaz uyumi S2 toifasi boʻyicha turon kesimining pastki qismidagi 8-A gorizontda joylashgan. 12-A gorizontning ayrim qatlamlarida gazning gumbazeimon uyumlari ochilgan.
A va B gorizontlarida faqat gaz, V da gaz va neft uyumi bor.
Gazli konidagi neftning s. of. 0,8125 dan 0,8222 gacha. Oltingugurt 0,10— 0,33%, parafin 0,68% gacha, smola 7,9% gacha, asfaltenlar 0,17—0,78% gacha. Gazning s. of. 0,587 dan 0,612 gacha. Tarkibida metan (SN„)—93,6—94,8%, H2S-0,3%, SO2-0,20,7%, qolgani 2,3 dan 5,2% gacha S2va b.
G. gorizontdagi gaz uyumi uz. 6,2 km, kengligi 3,6 km, bal. 33 m. Neft uyumi uz. 8,3 km, kengligi 4,4 km, bal. 16 m. D gorizontda gaz uyumi uz. 5 km, kengligi 2,0 km, bal. 19 m. Neft uyumi uz. 6 km, kengligi 3 km, bal. 11 m. Ye. gorizontda gaz uyumi uz. 1 km, kengligi 0,6 m, bal. 3 m. Neft uyumi uz. 2 km, kengligi 1,2 m, bal. 5 m. G. g.-n.k.dan Qozogʻiston va Qirgʻizistonga gaz quvuri tortilgan.
Fozil Bekboyev.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |