Mehmonnomayi Buxoro
Mehmonnomayi Buxoro — tarixiy asar. XVI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosonda kechgan harbiy-siyosiy jarayonlar tarixini oʻrganishda muhim oʻrin tutadi. Fors tilida yozilgan[1].
Asar Fazlulloh ibn Roʻzbehxon tomonidan 1503–1509-yillar oraligʻida yozilgan[2]. Fazlulloh ibn Roʻzbehxon Muhammad Shayboniy hayotining oxirgi 5—6 yilida u bilan birga yurib, unga hamrohlik qilgan, mashvaratlar va harbiy yurishlarning deyarli barchasida ishtirok etgan hamda koʻrgan-bilganlarini mazkur asariga kiritgan[1]. Bu asar memuar asardan koʻra sayohat kundaligin eslatadi[2].
Hozirgi kunda asarning faqat 2 ta qoʻlyozma nusxasi bizgacha yetib kelgan: biri — OʻzR FA Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida saqlanadigan asl nusxa sanaladi; ikkinchisi — Istanbulda Nuri Usmoniya kutubxonasida saqlanayotgan, yuqorida qayd qilingan qoʻlyozmadan koʻchirilgan nusxadir. Toshkent nusxasi asosida 1976-yili R. Jalilova tomonidan Mehmonnomayi Buxoroning forsiydan ruschaga tarjimasi va fotofaksimil nashri amalga oshirilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Zamonov 2021, s. 8—9.
- ↑ 2,0 2,1 Majid 2021, s. 16.
Adabiyotlar
tahrir- Majid A. Shayboniylar davlati (1500–1599). Toshkent: Nasim Kutub, 2024 — 648-bet. ISBN 978-9910-9384-0-5.
- Zamonov A. Buxoro xonligi tarixi: metodik qoʻllanma. Toshkent: Bayoz, 2021 — 264-bet. ISBN 978-9943-6372-0-7.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |