Tilak Joʻra — oʻzbek adabiyotshunosi, tarjimoni va shoiri[1]. Filologiya fanlari nomzodi. Turk, arman, ozarbayjon va tatar shoirlarining sheʼrllarini oʻzbekchaga tarjima qilgan. Tarjima ishiga oid „Tarjima sanʼati“ va adabiyotshunoslikka oid „Nozim Hikmat va Oʻzbekiston“, „Hozirgi turk sheʼriyati“ kitoblarining muallifi.

Tilak Jo‘ra
Tavalludi 1947-yil
Vafoti 1994-yil 21-aprel
Toshkent
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi 19661972-yillar Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakulteti. 19781981-yillarda aspirantura
Kasbi Adabiyotshunos, tarjimon
Mashhur ishlari „Rayhon“ (1977)
„Olam ostonasi“ (1980)
„Yulduzlar tabassumi“ (1981)
„Chorrahadagi uy“ (1983)
„Sanduvoch“ (1988)
„Ruhiyat“ (1990)

Hayoti tahrir

Tilak Joʻra 1947-yilda Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanidagi Sayyod qishlog‘ida tugʻilgan. 1956—1966-yillarda oʻrta maktabda, 1966—1972-yillarda hozirgi Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetida oʻqigan. 1978—1981-yillarda aspiranturada tahsil olgan. 1970-yildan umrining oxiriga qadar universitetning tarjima nazariyasi kafedrasida talabalarga tarjima ilmidan saboq bergan, 1986-yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqladi. Shoir 1994-yilda toʻsatdan vafot etgan. Ayolining ismi Kumush. Ulardan ikki qiz va ikki oʻgʻil (Nodira va Shoira, Orif, Nozim) farzand yodgor boʻlib qolgan[2].

Ijodi tahrir

Bu elga g‘am emas, yomg‘irlar yog‘sin,
Bahor yomg‘irlari, kuz yomg‘irlari,
Bahorday borliqni quvonchga qorsin,
O‘zlik yomg‘irlari, o‘z yomg‘irlari

Tilak Joʻraning taniqli sheʼridan taniqli parcha„Tilak Jo‘ra degan shoir!“.

.

U tarjimon sifatida turk tilidan Nozim Hikmatning „Dogʻlarja“ sheʼrlar toʻplamini, shuningdek, arman shoiri Margaryan ijodidan namunalarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ozarbayjon, tatar va boshqa bir qator xalqlarning taniqli shoirlari sheʼrlarini ham oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Tarjima masalalari boʻyicha koʻplab ilmiy maqolalar yozgan. „Tarjima sanʼati“ nomli kitob yozgan. „Nozim Hikmat va Oʻzbekiston“ va „Hozirgi turk sheʼriyati“ nomli adabiyotshunoslikka oid kitob chop ettirgan[2][3].

Asarlari: „Rayhon“ (1977), „Olam ostonasi“ (1980), „Yulduzlar tabassumi“ (1981), „Chorrahadagi uy“ (1983), „Sanduvoch“ (1988), „Ruhiyat“ (1990)[2][4].

Oʻljaboy Qarshiboyning aytishicha:

Tilak akaning darslarini biz 1994-yilda O‘zMUning jurnalistika fakultetini bitirgan bir guruh talabalar hali ham katta  sog‘inch bilan eslaymiz. Domla xoksor, samimiy, biroz to‘pori jaydari tabiatli kishi edi. Adashmasam shoir vafot etganida biz yo uch, yo to‘rtinchi kursda tahsil olar edik. Ko‘pchiligimiz chuqur qayg‘uga botganmiz. Ammo, hanuz Tilak Jo‘rani bilgan, tanigan inson borki, garchand shoirning sheʼrlarini bilmasa ham uni toza vijdonli xokisor qiyofada kulib eslayveradi. O‘tgan hafta muharririyatimizga Tilak Jo‘raning o‘g‘li Qorako‘ldan, shoir abadiy qo‘nim topgan Sayyod qishlog‘idan tashrif buyurdi. U shoirning uy muzeyini tashkil etish va may oylarida domlaning yubiley tashvishlari bilan band ekan.

Ibrohim Haqqulning fikricha:

Tilak Joʻraning „Sanduvoch“ toʻplamidagi aksariyat sheʼrlar tavsif, bayonchilik, tantanavorlikdan yiroq. Bunday shoirlar odatda oʻz qalbiga yashirinish, oʻz xayol va hissiyotlaridan huzurlanishni yoqtirishadi. Ular „Bu yorugʻ dunyoda Alamlar bekinar, Armonlar bekinar, Darmonlar bekinar“, ammo Yurak bekinmasligi kerak, deb bilishadi. Chunki Yurak — Vatan. Vatanda yashirinish mumkin. Biroq Vatanni yashirib boʻlmaydi. Shoir bir sheʼrida yozadi:

Yuragini tinglar edi ustoz Mirtemir :

"Mening oʻzbaki yuragim!".

Tilak Joʻra ham ustoz Mirtemir izidan borgan, oʻzbaki yuragini tinggan shoir. Uning sheʼrlariga Yurak ovozi samimiyat bagʻishlab turadi[5].

Vafoti tahrir

Tilak Jo‘ra 1994-yilning 21-aprelida Toshkent shahrida vafot etdi. Adib Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi Hazrati Mastali bobo qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir