Gulchehra Joʻrayeva
Gulchehra Joʻrayeva (1937-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoira, yozuvchi va jurnalist.
Gulchehra Joʻrayeva | |
---|---|
Tavalludi |
1-fevral 1937-yil |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) |
Kasbi | shoira, yozuvchi, jurnalist |
Unvoni | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirGulchehra Joʻrayeva 1937-yil 1-fevralda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Doʻrmon qishlogʻida ziyoli oilada dunyoga kelgan[1]. 1954-yilda Buxoro shahrida oʻrta maktabni bitirib, Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning oʻzbek filologiyasi fakulteti jurnalistika boʻlimida tahsilni davom ettirgan[2].
Faoliyati
tahrirMehnat faoliyatini „Yosh lelinchi“ gazetasida boshlagan. „Oʻzbekiston madaniyati“ gazetasida oʻn yildan ortiq ishlagan. Soʻngra „Yoshlik“ jurnalida (1982), Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasida (1991), 1996—1997-yillarda esa Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi sifatida faoliyat olib borgan[3].
Ijodi
tahrirShoira ijodiy faoliyatining boshlanishi oʻtgan asrning 50-yillariga toʻgʻri keladi. Ilk sheʼri „Tafakkur“ nomi ostida 1954-yilda chop etilgan. 1961-yilga kelib „Baxtim borki…“ nomli dastlabki sheʼriy kitobi nashrdan chiqqan. Soʻngra „Gul shaydosi“ (1969), „Bogʻimda bahor“ (1968), „Hayajon“ (1971), „Umr — daryo“ (1974), „Salom, doʻstlar“ (1975), „Eng yaqin yulduz“ (1979), „Dostonlar“ (1981), „Iqbol“ (1983), „Mehrim sizniki“ (1984) kabi oʻnlab toʻplamlari dunyo yuzini koʻrgan. Ijodkor, shunigdek, „Chavandoz“, „Imtihon“, „Zuhro yulduzi“ kabi qissalar muallifi. 1987-yil „Gulshan aro“ nomli sheʼr va qissalar toʻplami matbuotda eʼlon qilingan[4].
Mustaqillikdan soʻng „Yillarim — yoʻllarim“ (2000), „Seni sevaman, hayot“, „Saylanma“ (2009) kitoblari bosmadan chiqqan[5]. Shoiraning yigirmadan ortiq sheʼr va qissalar toʻplami kitobxonlar qoʻliga yetib borgan.
Mukofotlari
tahrirGulchehra Joʻrayevaga 1992-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni berilgan. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan ham taqdirlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ „GULCHEHRA JO‘RAYEVA (1937)“. ziyouz.com. Qaraldi: 16-iyul 2024-yil.
- ↑ Portret 7-soni (Gulchehra Jo'rayeva) YouTubeda
- ↑ „Gulchehra Jo‘rayeva (1937)“. uzpedia.uz. Qaraldi: 16-iyul 2024-yil.
- ↑ „Jo‘rayeva Gulchehra“. arboblar.uz. Qaraldi: 16-iyul 2024-yil.
- ↑ „GULCHEHRA JO‘RAYEVA (1937)“. ziyouz.com. Qaraldi: 16-iyul 2024-yil.