KOMPOZITOR (lot. compositor — tuzuvchi, ijod etuvchi) —

1) koʻp ovozli musiqa asarlari muallifi, musiqa ijodkori. „K.“ atamasi 16-asrga kelib Italiyada keng tarqalgan. K.lik kasbi ijodkordan musiqiy-ijodiy qobiliyat bilan birga maxsus (kompozitsiya fani sohasidagi) puxta bilim ham talab etadi. K. nota yozuvi yordamida musiqa asarlarini ijod etadi, yangi, individual badiiy mazmunni ifodalashga harakat qiladi. Shu jihati bilan anʼanaviylik mezoniga tayanib monodiya tizimida ijod etuvchi bastakordan farq qiladi.

Oʻzbekistonda K.lik ijodiyoti 19-asrning oxiri (V.Leysek va boshqalar), ayniqsa, 1920— 30 yillardan boshlab (V.Uspenskiy, A.Kozlovskiy, G.Mushel va boshqalar) jadal ri- vojlandi. Mahalliy K.lardan M. Ashrafiy, T. Sodiqov, M.Leviev, M. Burhonov,S. Yudakovlarning ilk ijodiy tajribalari 1930— 40 yillarga mansub. 1950—60 yillarda Ik. Akbarov, S.Boboev, Ъ.Gienko, X,.Rahimov, F.Yanov-Yanovskiy, R.Hamroev, T.Qurbonov, R.Vildanov, Sayfi Jalil, 1970—90 yillarda esa D.Saidaminova, N.Zokirov, R.Abdullaev, M.Bafoev, M.Tojiev va boshqa koʻp ovozli musiqaning turli janrlarida katta yutuqlarga erishdilar. Mustaqillik davrida Oʻzbekiston K.larining ijodi yangi bosqichga koʻtarildi. Yosh K.lardan A.Mansurov, D.Omonullaeva, K.Ergashev, D.Yanov-Yanovskiy, N.Gʻiyosov va boshqa musiqa hayotiga, shu jumladan, estrada va kino musiqasi, simfonik hamda kamer musiqasi janrlari rivojiga salmokli hissa qoʻshmokda;

2) shaxmat sohasida oʻzining mustaqil oʻyin uslubi (kompozitsiyasi)ni yaratuvchi ijodkor.



Kompozitor soʻzini bildiruvchi bir necha sahifa topildi.
Ushbu sahifaga sizni olib kelgan maqoladagi tegishli ishoratni bu yerga emas, toʻgʻri kerakli maqolaga yoʻnaltirishingiz mumkin.