Ubaydullanoma XVII asrda yozilgan tarixiy asar, muallifi Mir Muhammad Amin Buxoriy.

Mir Muhammad Amin Buxoriy Ashtarxoniylardan Subxonqulixon va Ubaydullaxon (1702—1711) saroyida bosh munshiylik vazifasida xizmat qilgan. “Ubaydullanoma” Buxoro xonligining 1702—1716-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti haqida hikoya qiladi. Asar 1716-yildan keyin yozilgan. Asarda Abdulazizxon va Subxonqulixon davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli qisqa tarzda bayon qilingan. 1— 80-boblarda Buxoro xonligining qariyb 15 yillik (1702—1711) ijtimoiy-siyosiy tarixi batafsil yoritilgan. Muallif mazkur asarida katta yer egaligi, aholidan yig‘iladigan soliq va jarimalar, Buxoro xonligining ma’muriy tuzulishi, tarqoqlikning kuchayishi, mamlakat boshiga tushgan iqtisodiy qiyinchiliklar va uning ayrim sabablari kabi masalalarga keng o‘rin bergan. Asarda Buxoroda istiqomat qilgan olimlar, shoirlar, masalan, Sayido Nasafiy, Qosimxoja, mashhur qozilar haqida qisqacha, lekin e’tiborga molik ma’lum otlar keltirilgan. “Ubaydullanoma” asari A.A.Semenov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va 1957-yili Toshkentda nashrdan chiqarilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik. A. Madraimov, G. Fuzailova. Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.