Sayfiddin Boharziy maqbarasiBuxorodagi meʼmoriy yodgorlik (XIIIXIV-asrlar). Buxoroning sharqiy qismi (eski Fathobod mavzei)da 2 maqbaraBayonqulixon maqbarasi va Sayfiddin Boharziy maqbarasi bunyod etilgan.

Sayfiddin Boharziy maqbarasi

Sayfiddin Boharziy maqbarasi (2020-yil)
Umumiy maʼlumot
Maqomi davlat himoyasida
Turi maqbara
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Map
Sayfiddin Boharziy maqbarasi xaritada
Sayfiddin Boharziy maqbarasi Vikiomborda
Yogʻochdan oʻyilgan Sayfiddin Boharziy dahmasi fragmenti. XIII asr. Buxoro muzeyi.

Sayfiddin Boharziy maqbarasining kichik goʻrxonasi (XIII asr ikkinchi yarmi) va ziyoratxonasi (XIV asr ikkinchi yarmi) charxi gumbazli. Bosh tarzidagi peshtoq chuqur ravoqli, 2 yoniga guldastalar ishlangan. Peshtoq va guldasta oraligʻidagi yassi mehrobiy tokchalarga tuynuklar qilingan. Peshtoq yuqorisida ravoqli darchalar bor. Ziyoratxona va goʻrxona ichidagi gumbaz osti bagʻali 8 va 16 qirrali muqarnas bezaklar bilan toʻldirilgan. Maqbaraga Shayx Sayfiddin Boharziy, uning 2 oʻgʻli Jamoliddin Muhammad va Mazhariddin Mutahhar, shuningdek, nevarasi Abu Mufaxir Yahyo, evaralari Xovand Burhoniddin, Ruhiddin Shayx Dovudlar dafn etilgan. Amir Temur Buxoroga tashrif buyurganda Shayx qabrini albatta ziyorat qilgan. Uning farmoni bilan maqbara obod qilinib, ziyoratxona va sharqiy peshtoq qurilgan. Shayx qabri ustidagi yogʻoch sagʻananing yasalish uslubi, zarhal bezaklari Amir Temur davri yogʻoch oʻymakorligi sanʼatining noyob yodgorligi hisoblanadi. Sagʻanada tugʻilgan va vafot etgan sana, Qurʼondan oyatlar, Shayxni madh etuvchi madhiyalar, rangbarang naqshlar oʻzaro uygʻunlashgan. Mustaqillikdan keyin Sayfiddin Boharziy maqbarasi qayta taʼmirlanib, yodgorlik atrofida goʻzal Fathobod bogʻi bunyod etildi.

Adabiyot tahrir

  • Nemseva N.B., Xanaka Sayfaddina Baharzi v Buhare, Buhara, 2003.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil